11:54 (11.02.2025)

706

Erkaklarning bo‘yi ayollarnikidan ikki baravar tez o‘smoqda — Xalqaro olimlar guruhi

Ta’kidlanishicha, bu aholining umumiy salomatligi va farovonligining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin.

Xalqaro olimlar guruhi turmush darajasi va sog‘lig‘ini saqlash darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda odamlarning bo‘yi va vazni oshib borganini va bu jarayon erkaklarda ayollarnikiga qaraganda taxminan ikki barobar tez sodir bo‘lganini aniqladi. Ushbu tadqiqot ishi haqida batafsil maqola "Biology Letters” jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilar 62 mamlakatdan 135 645 nafar odamning ma’lumotlarini, shuningdek, Buyuk Britaniyadan 1900-yilgacha bo‘lgan tarixiy statistikani tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan asrda erkaklarning bo‘yi ayollarnikidan ikki barobarga oshgan.

Olimlar bu farqni atrof-muhit sharoitlariga nisbatan sezgir bo‘lgan erkak tanasining xususiyatlari bilan bog‘lashadi. Turmush va sog‘liqni saqlash standartlari yuqori bo‘lgan mamlakatlarda erkaklarning bo‘yi va vazni ayollarnikiga qaraganda sezilarli darajada oshgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, erkaklar bo‘yining oshishi aholining umumiy salomatligi va farovonligining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Biroq turli mamlakatlarda hayot davomida odamlarning bo‘yi va vaznidagi o‘zgarishlarni hisobga oladigan uzoq muddatli tadqiqotlar uchun aniqroq xulosalar kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech