12:41 (26.02.2024)
1502
Chikago universiteti tadqiqotchilari oʼta yupqa yurak stimulyatori ishlab chiqdi. Ushbu qurilma organizmning yurak-qon tomir yoki asab tizimining faoliyatini tartibga solish imkonini beradi.
Ayni paytda millionlab odamlar yurak stimulyatoridan foydalanadilar. Olimlarning fikricha, yangi qurilma yanada ixcham va qulay, shuningdek, ishonchliroq boʼladi.
Elektron yurak stimulyatori yorugʼlik taʼsirida ishlaydi. Bu ishlamay qolishi mumkin boʼlgan harakatlanuvchi qismlar yoki simlardan xolos boʼlish imkonini beradi.
Qurilma ikki qatlamli silikon materialdan iborat. Ular elektr zaryadini hosil qilish orqali yorugʼlik bilan reaktsiyaga kirishadi. Yuqori qatlamda koʼplab mayda teshiklar (nanopor) mavjud boʼlib, ular elektr energiyasini toʼplaydi va uning tarqalib ketishini oldini oladi.
Membrananing qalinligi atigi 1 mikrometr - inson sochidan 100 marta yupqaroq. Maydoni bir necha kvadrat santimetr. Ogʼirligi - 1/50 grammdan kam (zamonaviy yurak stimulyatori kamida besh gramm ogʼirlikda).
"Qurilma qanchalik yengil boʼlsa, u, bemorlar uchun shunchalik qulayroqdir", deb tushuntirdi ishlab chiquvchilar.
Qizigʼi shundaki, xizmat muddati tugagandan soʼng, qurilma zaharli boʼlmagan birikmalar hosil qilib, tanada eriydi. Bu esa uni olib tashlash uchun qoʼshimcha jarrohlikni oldini oladi.
Olimlar qurilmaning birinchi sinovlarini hayvonlarda oʼtkazdi. Olimlar qurilmani yanada rivojlantirish va odamlar uchun moslashtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi mir24.