09:01 (15.12.2023)
1478
Taftsa universiteti va Garvard universiteti qoshidagi Vissa instituti olimlari inson traxeya hujayralaridan Anthrobots deb nomlangan mikrorobotlarni yaratishdi. Ushbu biologik robotlar neyronlarning harakatlanishi va oʼsishini ragʼbatlantiradi.
Robotlar yoshi katta inson hujayralaridan genetik modifikatsiyasiz yaratilgan. Tadqiqotchilar shikastlangan neyronlarga biriktirilgan Anthrobotslar yangi koʼp hujayrali tuzilmalarni hosil qilishi va neyronlar yuzasi boʼylab harakatlanib, yangi hujayralar oʼsishiga olib kelishi mumkinligini aniqladi.
Bemorning traxeyasidagi normal hujayralar DNKni oʼzgartirmasdan, oʼz-oʼzidan harakatlanishi va zararlangan hududdagi neyronlarning oʼsishini ragʼbatlantirishi hayratlanarli va mutlaqo kutilmagan. Hozir biz shifo mexanizmi qanday ishlashini va bu tuzilmalar yana nima qila olishini oʼrganayapmiz”, - deydi ish mualliflari.
Inson hujayralaridan foydalanishning afzalliklaridan biri bemorning oʼz hujayralaridan biobotlarni yaratish qobiliyatidir, bu esa immunitet reaktsiyasi xavfini kamaytiradi. Biobotlar bir necha hafta davomida oʼz vazifalarini bajarishi va keyin parchalanishi mumkin, bu ularni tanadan chiqib ketishini osonlashtiradi. Ushbu kashfiyot shikastlangan toʼqimalarni davolash orqali organizmda terapevtik funktsiyalarni bajara oladigan biobotlarni yaratishda muhim qadamdir.