12:45 (08.04.2024)
1289
Rossiya texnologik universiteti olimlari tabiiy xlorin asosida saraton kasalligini tashxislash va davolashda yordam beradigan yangi dori vositasini ishlab chiqishdi.
Kimyo fanlari doktori Mixail Grin kimyogarlar radionuklidlarni ushlab, ularni oʼsimtaga oʼtkazishga qodir yangi molekulani yaratishganini taʼkidladi. Uning soʼzlariga koʼra, bu saraton hujayralari faoliyatining buzilishiga, bu esa keyinchalik ularning nobud boʼlishiga olib keladi. Professor bunday dori vositasidan kasallikni aniqlashda ham foydalanish mumkinligini taʼkidladi.
“Bundan tashqari, biz yaratgan dori toksik emas: terapevtik dozadan 50 baravar yuqori dozalarni qoʼllagan sinovlar laboratoriya hayvonlarining oʼlimiga olib kelmadi”, deya qoʼshimcha qildi Grin.
Olimlar yaqin orada ushbu dorini Rossiya bozoriga olib chiqishni rejalashtirmoqda.