14:53 (11.12.2024)
887
Dunyoda 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan deyarli 850 million kishi asosan jinsiy aloqa orqali yuqadigan gerpes shakllarini tashuvchisi hisoblanadi. Bu haqda olimlarning tadqiqotiga tayanib, “TASS” yozmoqda.
Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, 376 million kishi HSV-1 gerpes virusi tashuvchisi, 519 million kishi esa HSV-2 tashuvchisi. 204 millionga yaqin odam har yili kamida bir marta infeksiyani boshdan kechiradi.
Shu bilan birga, har yili 16,8 million kishi HSV-1 gerpes virusi bilan kasallangan va 25,6 million kishi HSV-2 virusi bilan kasallangan, deyiladi tadqiqotda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, gerpes virusining ushbu shakllari tarqalishining oldini olishga qaratilgan vaksina va dasturlarni ishlab chiqishga shoshilinch ehtiyoj bor.
Bu yil Shvetsiyaning Uppsala universiteti olimlari oddiy gerpes virusi bilan kasallangan odamlarda hech qachon virus bilan kasallanmaganlarga qaraganda ikki baravar ko‘p demensiya rivojlanishini aniqladilar.
Virus Alsgeymer kasalligini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, chunki uning parchalari tanada umr bo‘yi qoladi.
Ularning miyaga tushib, demensiya uchun xarakterli bo‘lgan beta-amiloid va tau oqsillari pilakchalarini hosil qilishiga olib kelishi haqida ba’zi dalillar bor.