14:00 (17.11.2025)

76

Ufada bo‘lib o‘tgan Ichki kasalliklar bo‘yicha IV Xalqaro Yevroosiyo forumi tafsilotlari

Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida IV Xalqaro ichki kasalliklar shifokorlari Yevroosiyo forumi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekistonning yetakchi mutaxassislari "Dori-Darmon" АК tashabbusi vf ko'magida ishtirok etishdi.

O'zbekistonning uch nafar mutaxassislari forumda uz ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Birinchi ma'ruzachi umumiy amaliyot shifokori, revmatolog va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi professori Dilorom Alimovna Rahimova bo'ldi. Uning mavzusi "Nafas olish kasalliklarida o'pka gipertenziyasini davolashda innovatsion va multidissiplinar yondashuv: O'zbekistonda sog'liqni saqlash sohasidagi voqelik va istiqbollar.

Keyingi ma’ruzachi Xilola Miraxmedova, Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi Ichki kasalliklar kafedrasi bo‘limi mudiri, professor, O‘zbekiston revmatologlar assotsiatsiyasi raisi, «Tizimli sklerodermada interstitsial o'pka kasalligini erta tashxislashning klinik va immunologik jihatlari” mavzusida doklad bilan qatnashdi.

Shuningdek, «Dori-Darmon” АК ning tijorat direktori Ramil Abdulov «Reimbursatsiya dasturini rivojlantirish: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro istiqbollar” mavzusida so‘zladi. U o‘z chiqishida O‘zbekistonda reimbursatsiya dasturining ahamiyati, aholiga sifatli dorilarni taqdim etishdagi roli va farmatsevtika sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berdi. Xususan, dastur:

- Aholining zarur dori-darmonlarga bo'lgan ehtiyojini oshiradi;
- Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordamni yaxshilaydi;
- Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

AK «Dori-Darmon” davlat reimbursatsiya dasturida ishtirok etmoqda

"Dori-Darmon" AK 2021-yili Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov sifatida boshlangan reimbursatsiya dasturini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ushbu tizimni bosqichma-bosqich 2026-yilning yakuniga qadar mamlakatimiz bo‘ylab joriy etish rejalashtirilgan.

"Dori-Darmon" AK tomonidan 9 oy ichida kompaniya reimbursatsiya dasturi doirasida 14 mlrd 155 mln so‘mlik dorilarni bepul taqdim etdi. Bu ko‘rsatkich dasturning samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatini aks ettiradi.

Shuningdek, forum davomida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Boshqird davlat tibbiyot universiteti va Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi. Universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda ularning ta’lim va kasbiy rivojlanish masalalari muhokama qilindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech