11:51 (23.02.2024)
1416
Kechasi nega koʼzingizga uyqu kelmayotganini tushuna olmayapsizmi? Bunga sabab qabul qilingan dori-darmonlar boʼlishi mumkin. Baʼzi dorilar uyqu va umumiy farovonlikka taʼsir qilishi mumkin.
Tibbiyot fanlari nomzodi, salomatlik va hayot sifatini yaxshilash boʼyicha kitoblar muallifi doktor Maykl Breus : Maʼlum dori-darmonlar insonning uyqusiga taʼsir qilishi mumkin. Ayrim dori-darmonlar odamlarning yaxshi uxlashiga yordam beradi. Biroq, shamollash va grippga qarshi vositalardan tortib saratonni davolashgacha boʼlgan koʼplab dorilar uyqusizlikka olib kelishi mumkin. Dorilar yoʼriqnomasida uning nojoʼya taʼsirlari va boshqa dorilar bilan oʼzaro mosligi haqida toʼliq maʼlumot berilsa-da, bemor uni koʼpincha oʼqib koʼrmaydi, — deydi.
Kechasi qaysi dorilarni qabul qilmaslik kerakligini bilib oling:
1. Gripp va shamollashga qarshi dorilar
Oʼtkir respirator virusli infektsiyalarga qarshi dorilar koʼpincha shifokor koʼrsatmasiga binoan qabul qilinadi. Bunday dorilarning tarkibida psevdoefedrin moddasi boʼlib, uning vazifasi burun bitishining oldini olishdir. Biroq bu modda uyqusizlikni keltirib chiqaradi. Psevdoefedrin allergiyaga qarshi hamda antigistamin preparatlarda ham uchraydi.
2. Nikotin plastirlari
Nikotin plastirlari chekishga qarshi kurashda qoʼllaniladi va tamakiga qaramlikning oldini oladi. Аmmo kechasi ishlatilganda uyqusizlikni keltirib chiqaradi.
3. Аntidepressantlar
Аntidepressantlar — bu tushkunlikka qarshi dorilar boʼlib, bosh miyadagi baxt gormonlari, yaʼni serotonin, endorfin, dofamin va oksitotsin darajasini koʼtaradigan preparatlardir. Аyniqsa, selektiv serotoninni qayta yuklash ingibitori turiga kiruvchi antidepressantlar uyquga xalaqit berishi isbotlangan.
4. Beta blokatorlar
Beta blokatorlar yurak ishemik kasalliklari, aritmiya, gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, migren va tireotoksikoz kabi kasalliklarda qoʼllaniladi. Ushbu preparatlar melatonin — uyqu gormonini kamaytiradi. Bundan tashqari, yarim kechasi uygʼonish, tushda qoʼrqib ketish kabilar beta blokatorlar bilan bogʼliq.
5. Xolinesteraza ingibitorlari
Xotira, diqqat va nutqning buzilishi bilan kechadigan dementsiya kasalligida shifokorlar xolinesteraza ingibitorlarini tavsiya qiladilar. Dorining taʼsirida yoshi kattalarda uyqusizlik yanada kuchayadi. Buning oldini olish uchun bemorga qoʼshimcha melatonin buyurilishi mumkin.