11:11 (11.03.2025)

126

QUTLOV

"Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasining 2- boʼlim boshligʼi Primuhamedova Bahor Murtazaqulovnani 60 yoshga toʼlishi munosabati bilan samimiy qutlaymiz.

Bahor Primuhamedova 1965 yil 8-mart kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tavallud topgan.

1987-yilda Toshkent Farmatsevtika institutini provizor mutaxassisligi boʼyicha tugatgan va shu yili Jizzax viloyati dorixonalar boshqarmasining omborxonasida provizor-texnolog sifatida ish faoliyatini boshlagan.

38 yillik faoliyati davomida Jizzax viloyati "Farmatsiya" IChBning savdo boʼlimida, "Jizzax Dori-Darmon"da xodimlar boʼlimi katta noziri boʼlib ishlagan.

2002 yildan buyon "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasining farmatsevtika ishini tashkil qilish va nazorat boʼlimida provizor-nazoratchi, yetakchi provizor-nazoratchi, boʼlim mudirining muovini va boʼlim boshligʼi, 2017 yildan buyon esa 2-boʼlim boshligʼi lavozimida xizmat faoliyatini olib bormoqda.

Bahor Primuhamedova yillar davomida juda ko‘plab shogirdlarga ustozlik qildi, farmatsevtika ishini, mijozlar bilan ishlashni, jamoa bilan muloqotni o‘rgatdi, ustoz-shogird an’analarini qadrlab, davom ettirib kelmoqda. Samarali mehnati sabab 2011-yilda "Mustaqillikning 20-yilligi", 2021-yilda "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Kompaniya rahbariyati tomonidan tavallud kun sohibasi uzoq yillar davomida fidoyilik bilan vazifasini sidqidildan bajarib kelayotganligi uchun "Faxriy yorliq" topshirildi.

Primuhamedova Bahor Murtazaqulovna qutlug‘ yoshingiz muborak bo‘lsin, sizga sog‘lik-salomatlik, uzoq va mazmunli umr, baxt-saodat, sharafli ishingizda yangidan yangi muvaffaqiyatlarni tilab qolamiz.

"Dori-Darmon" AK jamoasi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech