16:48 (10.10.2023)
1878
Bugun, 10 oktyabr kuni Oʼzbekiston zilziladan jabr chekkan qoʼshni Аfgʼoniston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi.
Gumanitar yordam tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari: un, bugʼdoy, yogʼ, makaron, goʼsht mahsulotlari, guruch, shakar; chodir va odeyallar, shuningdek birlamchi tibbiy yordam uchun zaruriy barcha vositalar bor.
"Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan ham qariyb 27 mln soʼmlik birlamchi tibbiy yordam vositalari berildi.
Insonparvarlik yordami Oʼzbekiston prezidentining Аfgʼoniston boʼyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligida yetkazildi. Tadbirda, shuningdek OАV vakillari ham qatnashdi.
Mezbonlar vakili Mavloviy Sharofiddin Muslim sinovli kunlarda berilayotgan bu yordamlarni afgʼon xalqi hech qachon esdan chiqarmasligini taʼkidladi.
Eslatib oʼtamiz, 7 oktyabr kuni ertalab Аfgʼonistonda fojiali tabiiy ofat yuz berdi: epitsentri Hirot shahridan 40 km shimoli gʼarbda 6,2 magnitudali zilzila sodir boʼldi. Zilziladan soʼng 3 ta kuchli aftershok kuzatilgan.