14:50 (13.03.2025)

151

2024-yil yakuni bo‘yicha 5,1 trln. so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarxon Akabirov aytib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil yakuni bo‘yicha 5,1 trln. so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi, o‘sish sur’ati – 118 foizni tashkil etdi. 180,1 mln. dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksport qilindi - o‘sish sur’ati – 138 foizni tashkil etdi.

Tarmoq bo‘yicha jami 310 mln. dollarlik investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi, o‘sish sur’ati – 132 foiz tashkil etdi.

Umumiy qiymati 779 mln. dollarlik 69 ta loyihalarda amaliy ishlar boshlandi. 92,4 mln. dollarlik 28 ta loyihalar ishga tushirildi hamda 1380 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2024-yilda “Zarur dorixona amaliyoti (GPP)” milliy standarti yangi tahrirda ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Markazga onlayn ariza topshirish axborot tizimi ishga tushirildi.

GxP standartlarni joriy etish bo‘yicha 3 785 ta korxonada inspeksiya amalga oshirildi. GMP sertifikatiga ega korxonalar soni 54 taga, GDP sertifikatiga ega distribyutor korxonalar soni 318 taga, GPP sertifikatiga ega dorixonalar soni 2 538 taga yetkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech