14:44 (27.05.2025)

182

Dori-Darmon" AKda Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Kecha "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasida Boshqaruv raisi M.Do‘smuratov, Rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha direktor A.Najmitdinov, Axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i N.Islamova hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limi boshlig‘i N.G‘ulomxo‘jayeva Jahon bankining O‘zbekistondagi xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha maxsus missiyasi ishtirokchilari: xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis Anita Okemini, XMKning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tahlilchisi Stefan Sharp va maslahatchi Charlz Sao bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda farmatsevtika bozori faoliyatining asosiy jihatlari, jumladan, dori vositalarini xarid qilish, narxlarni shakllantirish va O‘zbekiston iqtisodiyotining farmatsevtika sektoriga investitsiyalar jalb qilish shuningdek, mahalliy dori vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning boshqa muhim masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya rahbariyati mamlakatimizda farmatsevtika sanoatida olib borilayotgan islohatlar, ushbu sohada xususiy sektorni rivojlantirish uchun qanday chora-tadbirlar zarurligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFS) missiyasi O‘zbekistonda Xususiy Sektor Rivojlanishini Baholash (SPSD) hujjatini tayyorlash doirasida 26-maydan 6-iyunga qadar iqtisodiyot tarmoqlarini chuqur tahlil qilish maqsadida O‘zbekistonda bo‘ladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech