09:04 (09.11.2023)
1406
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, DXX xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi huquqbuzarlik fosh etildi.
Xususan, Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.Ya boshqaruvidagi “BYD“ rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida avtotransport yukxonasida 171 quti «Ferrouz» nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib mazkur fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida dastlabki qiymati 1 mlrd. 200 mln so‘mlik 14 xil turdagi 10 686 dona dori vositalari, 50 dona karton qutilarda dori vositalarining bo‘sh qutilari, yo‘riqnomalari va yorliqlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.