08:35 (14.05.2025)
88
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yildagi 204-son qarori bilan Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan 14 toifadagi shaxslar ro‘yxati belgilangan.
2025-yil 1-choragi davomida mazkur ro‘yxatdagi shaxslarga kompaniyamiz va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli dorixonalar orqali 7 mlrd, 446 mln so‘mdan ortiq dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-choragi davomida kompaniya va uning tizimidagi jamiyatlarning reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixonalari orqali jami 1 mlrd, 278 mln. so‘mlik dori vositalari bemorlarga elektron retsept orqali bepul berildi.
Ma’lumot uchun: Reimbursatsiya dasturi doirasida gipertoniya va yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan dispanser nazoratida turgan bemorlar oilaviy shifokorlariga murojaat etib, elektron retsept asosida dorixonalardan 27 turdagi dori vositalarini bepul olishlari mumkin.