08:51 (02.07.2024)

927

Yaponiyada BFQ dan foydalangan yana 76 nafar isteʼmolchi vafot etdi

Yaponiyaning Kobayashi Pharmaceutical farmatsevtika kompaniyasi tarkibida qizil xamirturushli guruch boʼlgan biologik faol qoʼshimchalarni isteʼmol qilgan yana 76 kishining oʼlimi yuzasidan tekshiruv oʼtkazmoqda, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Birinchi marta mart oyida beshta isteʼmolchining oʼlimi maʼlum boʼlgan edi. Yaponiya sogʼliqni saqlash vaziri Keyzo Takemi shunga oʼxshash yangi holatlarga izoh berib, kompaniyani hukumatga tegishli hisobotlarni taqdim etmaganlikda aybladi.

“Bu juda achinarli. Oʼlim boʼyicha tergovni Kobayashi Pharmaceutical kompaniyasiga ishonib boʼlmaydi”, dedi u jurnalistlarga.

Mart oyi oxirida Yaponiyada Kobayashi Pharmaceutical tomonidan ishlab chiqarilgan kodzi qizil guruch ekstrakti boʼlgan BFQini qabul qilganidan keyin besh kishi halok boʼlgani va 114 kishi kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.

Jabrlanganlarning koʼpida buyrak bilan bogʼliq muammolar boʼlgan. Mahsulotlar sotish butunlay toʼxtatildi. Vaziyat munosabati bilan Yaponiya hukumati keyinchalik farmatsevtika kompaniyasi korxonalarida tekshiruvlar oʼtkazdi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech