08:59 (06.01.2025)

207

Xitoyda inson metapnevmovirusi epidemiyasi kuzatilmoqda

Xitoyda inson metapnevmovirusi (hMPV) epidemiyasi yuzaga keldi, bu kasalxonalarning haddan tashqari to‘lib ketishiga olib keldi. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, infeksiya mahalliy sog‘liqni saqlash tizimiga katta yuk bo‘lib kelgan. Virus o‘pkaga hujum qilib, COVID-19 va grippga o‘xshash simptomlarni keltirib chiqaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlar titroq, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, shuningdek, zaiflik va bosh aylanishi kabi alomatlar bilan kasalxonalarga yotqizilmoqda. Biroq, Xitoyda grippning A turi, mikoplazma pnevmoniyasi va koronavirus kabi boshqa respiratorli infeksiyalar ham qayd etilmoqda.

Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, tibbiyot mutaxassislari rasmiylar va jamoatchilikka infeksiya ehtimolini kamaytirish uchun ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni, jumladan niqob kiyish va qo‘llarni muntazam ravishda dezinfeksiya qilishni tavsiya qilmoqdi.

Buyuk Britaniyada ham bronxit va pnevmoniyaga olib keladigan metapnevmovirus bilan kasallangan bir nechta bemorlar aniqlangan.

Shuningdek, OAV ma’lumotlariga ko‘ra Qozog‘istonda ham 30 kishi mazkur kasallikka chalingani aytilmoqda.

Mash ma’lumotlariga ko‘ra, u asosan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga ta’sir qiladi. Umuman olganda, kasallik yengil kechadi, ammo immuniteti zaif odamlarda bronxit va pnevmoniya rivojlanishi mumkin.

Inson metapnevmovirusi (hMPV) - bu respirator virus bo‘lib, ayniqsa bolalar, qariyalar va immuniteti zaif odamlarda nafas olish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Hozirgi vaqtda hMPV ga qarshi vaksina mavjud emas, bu infeksiyani nazorat qilishni qiyinlashtiradi.

Boshqa shunga o‘xshash viruslar singari, hMPV odatda odamdan odamga yo‘talgan va aksirgan paytida so‘lak tomchilari orqali, kasal odam bilan yaqin aloqada bo‘lganda yoki virus bilan ifloslangan yuzalar va narsalarga tegish orqali yuqadi, so‘ngra qo‘llar orqali og‘izga, burun yoki ko‘zlarga o‘tadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech