11:53 (12.03.2025)
71
La Roche-Posay husnbuzarga qarshi krem tarkibida ruxsat etilgan me’yordan ortiqcha xavfli benzol moddasi borligi aniqlandi.
Benzolning ko‘p miqdori leykemiya va boshqa og‘ir qon kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Hozirda kosmetika vositasi zudlik bilan chakana savdodan olib tashlash choralari ko‘rilmoqda.
Krem tarkibidagi benzol qayerdan paydo bo‘lgan?
La Roche-Posay brendiga egalik qiluvchi L’oreal kompaniyasi zaharli modda izlari Effaclar Duo yuz kremining faqat bitta partiyasida topilganini ma’lum qildi. Shunga qaramay, fransuz ishlab chiqaruvchisi sotuvchilarda mavjud bo‘lgan barcha zaxiralarni chakana savdodan butunlay qaytarib olishga qaror qildi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, endi kremni faqatgina o‘tgan yildan beri ishlab chiqarilayotgan formulasi o‘zgartirilgandan keyingina sotib olish mumkin bo‘ladi.
Hozirda kremning asosiy tarkibiy qismi benzoil peroksid bo‘lib, u bakteriyalarni yo‘q qiladi va shu orqali husnbuzarlar va yallig‘lanishga qarshi kurashadi. Lekin tashqi muhitning ma’lum sharoitlarida, masalan, qizdirilganda zararsiz modda benzolga - tamaki tutuni va benzinda bo‘ladigan zaharli moddaga aylanadi. Agar u organizmga ko‘p miqdorda tushsa, leykemiya va o‘limga olib kelishi mumkin.
Xalqaro saratonni o‘rganish agentligi benzolni 1-guruh kanserogenlariqatoriga kiritadi. Benzolning ta’siri o‘tkir limfoleykoz, surunkali limfoleykoz (SLL), ko‘p sonli miyeloma va Xojkin bo‘lmagan limfoma bilan bog‘liq.
Bu modda allaqachon boshqa o‘nlab brendlarning mahsulotlaridan ham topilgan.
L’oreal zaharli kosmetikani bozordan zudlik bilan olib tashlashga majbur bo‘lgan birinchi kosmetika kompaniyasi emas. 2021-yilda Johnson & Johnson beshta nomdagi quyoshdan himoya vositalarida benzol topilganidan keyin xuddi shunday yo‘l tutgan. 2022-yilda Banana Boat quruq shampunlar partiyasini qaytarib olgan, unda ham benzol sababchi bo‘lgandi.