08:55 (07.01.2025)

292

Aqlli soat tasmasidan kimyoviy modda topildi

Aqlli soat va fitnes bilaguzuklari tasmalarida sog‘liq uchun xavfli kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin. Tadqiqot Environmental Science & Technology Letters jurnalida chop etilgan.

AQSHning Notr-Dam universiteti fizik olimi Grem F. Pizlining so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotchilar tarkibida poliftoralkil birikmalar (PFAS) bo‘lgan aqlli soat tasmalari bunchalik keng tarqalganligini taxmin qilishmagan edi. Ushbu moddalarni gadjetlar uchun aksessuarlar tayyorlash uchun ishlatiladigan ftorelastomerda topish mumkin.

Ftorelastomerlar tarkibida "abadiy ximikat" deb ham ataladigan perftorgeksan kislotasi (PFHxA) bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Bu element biologik parchalanmaydi hamda suv va yorug‘lik ta’siriga chidamli. PFHxA sinovdan o‘tkazilgan 22 ta aqlli soat va fitnes bilaguzuk tasmalarining aksariyatidan topilgan.

Tadqiqotda aytilishicha, poliftoralkil moddalari (PFAS) saraton, yuqori qon bosimi va bepushtlikka sabab bo‘ladi. Biroq, undan tagiga olmaydigan idishlar, soyabonlar, kosmetika, mebel, tozalash vositalari, suvga chidamli matolar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.

Mualliflarning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar odatda gadjed tasmalaridagi xavfli moddalarning teriga salbiy ta’sirini baholashmaydi. Biroq olimlarning ta’kidlashicha, iste’molchilarda yechim bor: odatda, har qanday smart-soatning tasmasini neytral materiallardan tayyorlangan tasmaga almashtirish mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech