08:52 (18.07.2025)
54
Yevropa Tibbiy Markazida (EMC) rakka qarshi individual radiofarmatsevtik preparatlar tayyorlanadigan maxsus yadroviy dorixona ochildi.
Bunday dorixona — bu yuqori texnologiyalarga asoslangan majmua bo‘lib, unda radiofarmatsevtik preparatlar har bir bemor uchun o‘smaning genetik xususiyatlari, molekulyar belgilari va klinik prognozga asoslangan holda individual tarzda tayyorlanadi. Ishlab chiqarish jarayoni GMP standartlari asosida amalga oshiriladi va lyutetsiy-177 hamda aktiniy-225 asosidagi preparatlar tayyorlanadi.
- O‘zimiz ishlab chiqarayotgan radiofarmatsevtika vositalari assortimentini kengaytirish yuqori tibbiy texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro tajribani mustahkamlash va tibbiy yordam sifatini oshirish strategiyamizning bir qismidir. Yadroviy dorixona kabi keng ko‘lamli farmatsevtik inshoot radionuklid terapiyasining ilg‘or usullarini Rossiyada keng joriy etish va uni murakkab klinik holatlarni davolashning kompleks yo‘nalishiga integratsiya qilish imkonini beradi. Individual yondashuv tufayli biz maqsadli harakatga, minimal tizimli yon ta’sirga va yuqori davolash samaradorligiga erisha oldik,— dedi EMC bosh direktori Andrey Yanovskiy.
Teranostika — bu farmatsevtik kompozitsiyalarni yaratishga doir yondashuv bo‘lib, u terapevtik va diagnostik muammolarni bir vaqtning o‘zida hal qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu yondashuv natijasida tayyorlangan preparatlar ham erta diagnostika vositasi, ham davolash vositasi sifatida xizmat qiladi.
Ushbu usul maksimal darajada shaxsiylashtirilgan davolashni ta’minlaydi: avvalo shifokor bir qator tekshiruvlar orqali bemor organizmidagi aniq «nishon»larni aniqlaydi, shundan so‘ng patologik hujayralarga maqsadli tarzda ta’sir ko‘rsatiladi. Bugungi kunda bunday yondashuv dunyodagi faqatgina yetakchi onkologiya klinikalarining bir nechtasida mavjud.
«Teranostika 30% holatda mustahkam remissiyaga erishishga yordam beradi, 60% holatda esa davolashga ijobiy javob beradi. Hozirda ushbu usul neyroendokrin o‘smalar va prostata rakini davolashda qo‘llanilmoqda. Radiofarmatsevtik preparatlarni ishlab chiqarish — murakkab vazifa bo‘lib, hozirgi kunda Rossiyada buni faqat bir nechta klinikalar, jumladan YEMS amalga oshira oladi», — dedi YEMS onkologiya instituti direktori Nidal Salim.