14:45 (07.01.2025)

185

Qo‘shma Shtatlarda parranda grippidan birinchi o‘lim holati qayd etildi

AQSHda H5N1 parranda grippidan birinchi o‘lim holati Luizianada qayd etildi. Bu haqda dushanba kuni mahalliy sog‘liqni saqlash departamenti xabar berdi.

"Luiziana sog‘liqni saqlash departamenti Qo‘shma Shtatlarda H5N1 (parranda grippi) bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati haqida xabar berdi," - deyiladi vazirlik bayonotida. Unda, shuningdek, bemor shtat kasalxonasida yotgani va 65 yoshdan oshganligi qayd etilgan.

"O‘zingizni va oilangizni H5N1 dan himoya qilishning eng yaxshi usuli - bu virus manbalaridan qochish, ya’ni parranda grippi bilan kasallangan yoki yuqishi mumkin bo‘lgan yovvoyi qushlar va boshqa hayvonlarga yaqinlashmaslikdir," - deb maslahat beradi Luiziana sog‘liqni saqlash departamenti.

Parranda grippi birinchi marta AQSHda 2022-yil yanvar oyida Janubiy Karolina shtatidagi yovvoyi qushlarda aniqlangan, o‘sha yilning iyul oyida esa virus Kaliforniyada qayd etilgan. 2024-yil mart oyida Texas va Kanzas shtatlarida sigirlarda infeksiya holatlari qayd etilgan edi. Shundan so‘ng, Amerikaning 10 shtatida odamlar orasida 66 ta holat tasdiqlangan.

Parranda grippi - A turdagi gripp virusi shtammlari keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Kasallik butun dunyo bo‘ylab tarqalgan, yovvoyi qushlarning ko‘plab turlari infeksiyani tashiydi, ammo ba’zilarida, shu jumladan uy hayvonlarida ham kasallik rivojlanib, odamga yuqishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech