11:50 (10.01.2025)
75
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari JST talablariga muvofiqlashtiriladi.
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini kuchaytirish va bu borada sanitariya qoidalarini ishlab chiqib, me’yorlarni yuqori standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
- 2025-yil 1-iyulga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining laboratoriyalarini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash uchun zarur jihozlar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi;
- 2025-yil 1-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi ta’minlanadi.
- 2025-yil 1-avgustga qadar oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoring qilish maqsadida idoralararo yaxlit Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.