08:58 (18.04.2025)
154
"O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi.
Hujjatda aksiyadorlik jamiyatlari, fond birjalari va elektron tijorat sohalaridagi huquqiy mexanizmlar qayta ko‘rib chiqilgan.
Qonunga ko‘ra, aksiyadorlarning dividend olish huquqlarini mustahkamlash, xodimlarga aksiyalarni imtiyozli shartlarda sotib olish imkonini berish, aksiyadorlik jamiyatlarining veb-saytga ega bo‘lishi va axborotni ochiq tarzda e’lon qilish tartibini yengillashtirish kabi qator muhim o‘zgarishlar amalga oshiriladi.
Qonun bilan fond birjalarining faoliyatini tartibga solish vazifasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yuklatilmoqda.
Qabul qilingan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kapital va sug‘urta bozorlarini, elektron tijorat sohasini tartibga solish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.