09:40 (26.02.2024)
1545
Vaktsinalar xavfsizligini tadqiq qiluvchi Global Vaccine Data Network markazi xulosalariga koʼra, koronavirusga qarshi vaktsina olganlarda nevrologik va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortib bormoqda.
Tadqiqot markazi xodimlari koronavirusga qarshi emlangan 8 mamlakatdagi 99 million kishining maʼlumotlarini oʼrganishdi.
Tadqiqot shuni koʼrsatdiki, mRNK vaktsinalarini olganlarda (Pfizer, BioNTech va Moderna) miokardit kasalligining rivojlanish ehtimoli kutilganidan koʼra koʼproq.
Olimlar, shuningdek, AstraZeneca kompaniyasining Vaxzevria vektorli vaktsinasi bilan emlashdan keyin Giena-Barre sindromi bilan kasallanish holatlari koʼpayganini aniqladilar.
Giena-Barre sindromi kamdan kam uchraydigan kasallik boʼlib, unda tananing immunitet tizimi oʼz periferik nervlariga hujum qilib, ishdan chiqaradi.
Bundan tashqari, vektorli vaktsinaning qoʼllanishidan keyin mielit kasalligining ortishi aniqlandi.