09:00 (01.11.2023)
1759
Siz bemor, shifokor, tibbiy hamshira yoki farmatsevt bo‘lishingizdan qatʼiy nazar, nojo‘ya samaralar haqida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasiga xabar berib, dorilarni yanada xavfsizroq qilishda yordam berishingiz mumkin.
6-12 noyabr kunlari, dori vositalarining nojo‘ya samaralari haqida xabar berish muhimligi to‘g‘risida habardorlikni oshirish maqsadida, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi dori vositalarini nazorat qiluvchi 85 dan ortiq agentliklar va bir qancha nodavlat tashkilotlar ishtirokidagi #MedSafetyWeek-2023 global kampaniyasida ishtirok etadi.