13:50 (10.12.2024)
710
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Kvango provinsiyasida ko‘plab o‘limga sabab bo‘lgan kasallikni aniqlashda mahalliy sog‘liqni saqlash organlariga yordam berish uchun Kongoga o‘z ekspertlarini yubormoqda.
JSST ekspertlari jabrlangan hududga zarur dori-darmon va diagnostika vositalarini yetkazib beradi, ular yordamida kasallikning sababini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi JSST. Batafsil ma’lumotlar tadqiqot natijalari chiqishi bilan taqdim etiladi.
JSSTning ma’lum qilishicha, Kongo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mintaqada 394 ta kasallik holati va 30 ta o‘lim holati qayd etilgan.
Shu haftaning boshida mahalliy hokimiyat noma’lum kasallik oqibatida 143 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikning alomatlari bosh og‘rig‘i, yo‘tal, isitma, nafas olish qiyinlashishi va kamqonlik.