08:55 (08.04.2025)
540
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yosh guruhlarining yangilangan tasnifini taqdim etdi.
Endilikda 18 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar hisoblanadi, o‘rtacha yosh esa 45 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan oraliqni qamrab oladi.
Qariyalar deb 60 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan, keksalar deb esa 75 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tan olinadi.
Ushbu tasnifni ishlab chiqishda salomatlik va tashqi ko‘rinishni yaxshilash, fertillikni oshirish, ish qobiliyatini saqlab qolish va boshqa muhim jihatlar asos qilib olingan.
Olimlarning fikricha, bu o‘zgarishlar aholining intellektual darajasining oshishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida tananing qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi, deb yozadi tashkilot saytida.