11:51 (04.03.2025)

331

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga 30 gramm kletchatka iste’mol qilishni tavsiya qiladi

Kletchatka - bu o‘simlik mahsulotlarida mavjud bo‘lgan murakkab uglevodlarning bir turi. Kletchatka – bizning tanamizdagi ko‘pchilik a’zolarning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muhim modda hisoblanadi.

O‘simliklardan tayyorlangan oziq-ovqatlar tarkibidagi ozuqa tolalari inson organizmi faoliyatida muhim rol o‘ynaydi:

Ichaklar salomatligida.

• Kletchatka ichak faoliyatini yaxshilaydi, ich qotishining oldini olishga yordam beradi va mikrofloraning muvozanatini saqlaydi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kuniga taxminan 30 gramm tola iste’mol qiladigan odamlar oshqozon-ichak muammolarini boshdan kechirish ehtimoli kamroq bo‘ladi.

Surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi. Kuniga 30 gramm tola:

• yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi (24-30% ga),

• qondagi qand miqdorini normallashtirish orqali 2-toifa diabet xavfini kamaytiradi;

• Saratonning ayrim turlaridan himoya qiladi (masalan, yo‘g‘on ichak saratoni).

Vazn yo‘qotish va metabolizmni yaxshilashda.

30 gramm kletchatka ishtahani nazorat qilib, to‘yish hissini ta’minlaydi va shu orqali vazn yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, shakarning so‘rilishini sekinlashtiradi, bu esa glyukoza darajasini barqarorlashtiradi.

Yallig‘lanishning oldini oladi.

Yuqori kletchatkali diyetalar organizmdagi tizimli yallig‘lanishni kamaytiradi, bu esa surunkali kasalliklar xavfini oldini oladi. Shu bilan birga organizmning qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Bir inson kuniga o‘rtacha atigi 15-18 g kletchatka iste’mol qiladi, bu normadan deyarli 2 baravar kam. Minimal 30 g.ga erishish uchun ratsionga nafaqat sabzavotlarni, balki rezavorlar, dukkaklilar, donli mahsulotlarni ham kiritish muhimdir. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech