15:32 (06.11.2023)

1706

Biologik faol qoʼshimchalar zararli(mi)?

Biologik faol qoʼshimchalar (BFQ) – inson organizmidagi fiziologik buzilishlarning oldini olish hamda sogʼlom balansni tiklash maqsadida ratsionini maqbul darajaga yetkazish yoki organizmni zarur boʼlgan foydali moddalar bilan toʼldirish uchun moʼljallangan, tarkibida kelib chiqishi tabiiy yoki tabiiyga oʼxshash sunʼiy biologik faol moddalar (ularning kontsentratlari) va (yoki) probiotik komponentlar hamda probiotik mikroorganizmlar mavjud oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi.

Biologik faol qoʼshimchalar davolovchi taʼsirga ega emas. Davolovchi taʼsirga ega boʼlgan mahsulotlar dori vositalari hisoblanadi.

Respublikamizda faoliyat olib borayotgan "FARM FORMAT" MChJ tomonidan bir qator BFQlar va gigienik vositalar ishlab chiqarilgan, ruxsatnoma BFQ sifatida berilgan boʼlsada, bir paytning oʼzida ushbu BFQ va gigienik vositalar tarkibi nuqtai nazaridan dori vositalari xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi.

Bundan tashqari, baʼzi dori vositalari qalbaki tarzda ishlab chiqarilayotgani toʼgʼrisida kelib tushgan murojaatlarga binoan olib borilgan oʼrganishlar davomida:

“NUTRI MAKON FACTORY” MChJ tomonidan “NUMA Igneus”, “NUMA Omega-3-6-9”, “NUMA Vitamin D3”, “NUMA Kollagen” va “NUMA Tribulus” mahsulotlari ruxsatnomaga egaligi, lekin “NUMA Sollagen PRO+” mahsuloti hech qanday ruxsatnomaga ega emasligi aniqlangan.

“BEK BREND PHARM” MChJ tomonidan baʼzi – «Расторопша» nomli mahsulot qoʼmita tomonidan tarkibi tekshirilmagan mahsulot savdosi bilan shugʼullanayotganligi aniqlandi.

Shu oʼrinda bu kabi holatlar yuzaga kelganda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasining telegram ijtimoiy tarmogʼidagi @Sanepidmurojaatbot ga yoʼllashingiz mumkinligini eslatib oʼtamiz.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasi aholidan tarkibi nomaʼlum boʼlgan, xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni nomaʼlum kimsalar va soxta tadbirkorlardan sotib olib, oʼzboshimchalik bilan isteʼmol qilmaslikni soʼrab qoladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech