08:54 (06.02.2025)

996

Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

2025-yil 1-apreldan daromadidan qat’iy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha:

- daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi; - daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlar – QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.

QQS 12% ni, foyda solig‘i stavkasi 15%ni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0% belgilangan.

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi.

Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan:

• Aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3%; • boshqa aholi punktlarida – 2%; • borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%.

Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli.

Ma’lumot uchun. 2024-yil yakuniga ko‘ra, ushbu sohada 7 785 ta yuridik shaxs AOS to‘lovchisi hisoblanadi, shundan, 1 208 ta yuridik shaxs qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘laydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech