00:00 (11.10.2022)

2438

Murojaatlar bilan ishlovchilar 3 yilda bir marta malaka oshiradi

Hukumatning 7 oktyabrdagi 582-sonli qarori bilan «Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi toʼgʼrisidagi» nizom tasdiqlandi. Bu haqda Аdliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga koʼra, murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish va oʼqitishning asosiy vazifalaridan biri, murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish koʼnikmalarini oʼrgatish hisoblanadi.

Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.

Xodimlar malakasini oshirish bilan bogʼliq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilotning hisobidan qoplanadi.

Malaka oshirish kursida oʼqitish vaqti 12 soatni tashkil etadi.

Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

  • taʼlim muassasasi va uning filiallarida oʼqitish;
    xodimlarning ish joyida oʼqitish;
    masofaviy taʼlim orqali oʼqitish.

Malaka oshirish kurslari oʼquv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) boʼyicha sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech