11:13 (17.11.2025)
89
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyoda 8,3 million kishi tuberkulyozga chalingan, 1,2 million bemor esa vafot etgan.
Bu — global darajada eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichlaridan biri. Sil — bedavo emas.
Tuberkulyoz davolanishi mumkin bo‘lgan kasallik bo‘lsa-da, ayrim davlatlarda:
• moliyalashtirish past,
• tibbiy xizmatga kirish imkoni cheklangan,
• profilaktika va nazorat ishlari sust.
Natijada muammo hanuz global darajada dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Kasallik tarqalishi bo‘yicha yetakchi davlatlar
Kasallanish holatlarining 87% atigi 30 ta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Ulardan eng yiriklari:
- Hindiston — 25%
- Indoneziya — 10%
- Filippin — 6.8%
- Xitoy — 6.5%
- Pokiston — 6.3%
Shu sabab JSST hukumatlarni silga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.