14:39 (25.04.2025)

181

"Yoshlar oromgohi"da

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-239-son qaroriga muvofiq, vazirlik va idoralar hamda davlat ishtirokidagi korxonalarda yoshlar bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini uslubiy va amaliy jihatdan muvofiqlashtirib borish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

27-aprelga qadar davom etadigan mazkur o‘quv seminarida "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasining yoshlar yetakchisi M. Abdullayev ham ishtirok etayapti.

O‘quv seminari davomida ishtirokchilar yoshlar siyosatini amalga oshirishda yoshlar yetakchisining o‘rni, yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish, toifalar bilan ishlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish, zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish kabi mavzularda mutaxassislar tomonidan amaliy bilim va ko‘nikmalar berilishi bilan birga turli sport musobaqalari ham tashkil etilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech