14:50 (04.06.2025)

141

Dorilarni to‘g‘ri qabul qilayotganingiz haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

Bu yerda qanday qoidalar bo`lishi mumkin - dozani o‘qib chiqdim va kerakli miqdordagi preparatni ichdim. Lekin hammasi bu qadar oson emas.

Birinchidan, albatta, shifokor bilan maslahatlashing - bu haqiqatan ham muhim. U sizga haqiqatan ham ushbu dori kerakligini yoki o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan dori vositasidan foydalanish yaxshiroq ekanliginiva aniq dozani tayinlaydi.

Ikkinchidan, jadvalga aniq rioya qiling - dorilarni o‘z vaqtida qabul qilishni unutmang va ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘rganib chiqing (dori vositasini ovqatdan oldin, keyin yoki ovqat paytida qabul qilish).

Uchinchidan, turli dorilarni qabul qilish orasidagi vaqtga rioya qiling. Shifokor bizga dori ichishni buyursa (masalan, 1 tabletkadan kuniga 2 marta), biz buni uyg‘oq paytimizda ikki marta qabul qilish deb qabul qilamiz. Shifokorlar esa 24 soatni nazarda tutyapti. Shuning uchun ba’zan qabul vaqtini aniqlash kerak.

️Davolash har doim shifokor tomonidan tayinlanishi va nazorat qilinishi kerak, chunki har qanday dori-darmon o‘zining nojo‘ya ta’siriga ega. Dorilarni qabul qilishda esa dorilar bilan bog‘liq quyidagi xatolarga yo`l qo`ymaslikga harakat qiling: 

• noto‘g‘ri saqlash;

• muddati o‘tgan dorilardan foydalanish;

• dori ichish uchun choy, qahva, sharbatdan foydalanish;

• dori va ovqatning noto‘g‘ri kombinatsiyasi;

• dorini noto‘g‘ri vaqt oralig‘ida qabul qilish.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech