12:00 (18.10.2023)
1414
“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Davlat buyurtmasi asosida xorijlik hamkorlar bilan shartnomalar imzolagan holda, 2020 yilda 1 300 000 doza, 2021 yilda 3 668 000 doza, 2022 yilda 2 347 000 doza vaktsinalar olib kelingan boʼlib, bu vaktsinalar bolalar, oʼqituvchilar hamda shifokorlar bepul emlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berildi.
Joriy yilda 2 154 784 doza "Grippol plyus" uch valentli grippga qarshi vaktsinalar olib kelingan boʼlib, bu vaktsinalarning:
2 100 000 dozasi Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasiga,
52 755 dozasi "O'zmedimpeks" MChJga,
500 dozasi "TIB ART"tibbiyot markaziga,
1 315 dozasi Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga,
175 dozasi "Oʼzbekiston Dori-Taminoti" MChJga realizatsiya qilindi.