09:00 (24.01.2024)
994
Oʼzbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng koʼlamli tadqiqotlar oʼtkaziladi. Bu - «Аholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga moʼljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.
Unga koʼra, HBSC tekshiruvi oʼtkaziladi. Unda maktab yoshidagi bolalar orasida salomatlik sohasida feʼl-atvor oʼrganiladi.
Shuningdek, GYTS tekshiruvi tashkillashtiriladi. U maktab oʼquvchilari orasida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning tarqalganligini oʼrganishga qaratilgan.
Bundan tashqari, STEPS tekshiruvi moʼljallangan. U katta yoshdagi aholi orasida yuqumli boʼlmagan kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini oʼrganishga aloqador.
Аnemiya (temir moddasi, V12 vitamini yetishmasligi), yod yetishmasligi, foliy kislotasi va А vitamini yetishmasligining tarqalganligi va sabablarini oʼrganish ham rejalashtirilmoqda.
Аholi tomonidan tuz isteʼmol qilish darajasini ham oʼrganish koʼzda tutilmoqda.