09:56 (21.04.2025)
82
O‘zbekiston hukumati shaxsiy ehtiyoj uchun biologik faol qo‘shimchalarni (BADlar) olib kirishga cheklovlar kiritadi.
2025-yil 20-iyuldan boshlab O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun biologik faol qo‘shimchalarni (BADlar) bojsiz olib kirish qoidalari joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 19-apreldagi qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslar oziq-ovqat qo‘shimchalarini quyidagi miqdorda bojxona to‘lovlarisiz olib kirishlari mumkin bo‘ladi (shu paytgacha hech qanday cheklovlar yo‘q edi):
- suyuq holatida va sirop shaklida — 10 donagacha flakonda;
- kukun holatida — 0,5 kilogrammgacha;
- tabletka — 100 donagacha;
- kapsula — 100 donagacha yoki 4 donagacha PET idishlarda;
- quritilgan holatda (o‘simlik guli, tana qismi va ildizi) — 0,5 kilogrammgacha.
Bundan tashqari, qarorda boshqa bir qator tovarlarni bojsiz olib kirish qoidalariga ham aniqlik kiritildi yoki o‘zgartirildi.