08:55 (25.03.2025)
410
Statinlarni qabul qilish, xolesterinni pasaytiradigan dorilar - jigar saratoni va uning asoratlari rivojlanish ehtimolining pasaytiradi. Garvard tibbiyot maktabi olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Gepatotsellyulyar kartsinoma- jigar saratonining eng keng tarqalgan va xavfli shakllaridan biri boʼlib, koʼpincha surunkali jigar kasalliklari fonida yuzaga keladi. Tadqiqotchilar surunkali jigar kasalligi bilan ogʼrigan 16 000 dan ortiq bemorlarning tibbiy maʼlumotlarini tahlil qilishdi va statinlarni qabul qilganlarda saratonning bu turi rivojlanish ehtimoli kamroq ekanligini aniqladi.
10 yillik kuzatuvdan soʼng malum boʼldiki, statinlarni qabul qilmagan bemorlarning 8 foiziga jigar saratoni tashxisi qoʼyilgan. Dorilarni qabul qilganlar orasida esa kasallanish darajasi deyarli ikki baravar past - 3,8 foizni tashkil etdi. Statinlarni qabul qilish, shuningdek, siroz va jigar yetishmovchiligi kabi jiddiy asoratlar xavfini ham kamaytiradi.
Eng katta himoya taʼsiri jigarga yaxshiroq kirib boradigan atorvastatin va simvastatin kabi lipofil statinlar bilan kuzatildi. Uzoq muddatli foydalanish (600 doza va undan koʼp) jigar saratoni rivojlanish xavfini 40 foizga kamaytirdi.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, statinlar nafaqat xolesterinni pasaytiradi, balki yalligʼlanishga qarshi va antioksidant taʼsirga ega, bu esa dorilarning jigarga himoya taʼsirini tushuntirishi mumkin. Biroq, aniq xulosalar chiqarish uchun qoʼshimcha klinik sinovlarni oʼtkazish talab etiladi.