09:01 (24.11.2023)

1437

JSST Xitoyni bolalarda nomaʼlum pnevmoniya epidemiyasi haqida maʼlumot almashishga chaqirdi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan bolalarda nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida qoʼshimcha maʼlumot soʼradi, deb xabar bermoqda Reuters.

JSST matbuot xizmati Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sogʼliqni saqlash komissiyasi 13-tsentabr kuni Xitoyda respirator kasalliklar bilan kasallanish holatlari koʼpaygani haqida xabar berganini eslatdi. Keyin Xitoy rasmiylari buni anti-kovid cheklovlari olib tashlanishi va maʼlum gripp viruslarining tarqalishi bilan izohladi.

«JSST Xitoyga respirator kasalliklar va bolalarda pnevmoniya epidemiyalari koʼpayishi haqida batafsil maʼlumot berish uchun rasmiy soʼrov yubordi», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Kuni kecha The Telegraph gazetasi Xitoy shimolidagi bolalarda kelib chiqishi aniq boʼlmagan pnevmoniya avj olgani haqida ProMed (dunyo boʼylab odam va hayvonlar kasalliklari tarqalishini kuzatuvchi) maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi. Nashrning taʼkidlashicha, Xitoy kasalxonalari «kasal bolalar bilan toʼlib ketgan» va epidemiya Pekin kabi yirik shaharlarga tarqalib boʼlgan.

The Telegraphtaʼkidlaganidek, aynan ProMedning 2019 yil dekabrь oyi oxiridagi ogohlantirishi koʼplab shifokorlar va olimlarning eʼtiborini ilgari nomaʼlum boʼlgan, keyinchalik Sars-Cov-2 (COVID-19) deb ataladigan virusga qaratdi.

Tayvanning FTV News telekanali ham Pekin va Liyaoning kasalxonalari kasal bolalar bilan toʼlib ketgani haqida xabar berdi. «Ularda yoʼtal va shunga oʼxshash hech qanday alomat yoʼq. Bolalarda shunchaki yuqori harorat (isitma), koʼpchilikning oʼpkasida tugunlar paydo boʼlgan», — dedi nashrga poytaxtliklardan biri. Pekinlik yana bir fuqaroning aytishicha, hozirda shamollash belgilari bilan maktablarga kelish taqiqlangan va sodir boʼlayotgan barcha hodisalar «davlat siri»dir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech