11:50 (08.11.2023)
1554
Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʼra, koronavirus pandemiyasi davrida dunyoda tuberkulyozdan oʼlim koʼrsatkichlari sezilarli darajada oshgan.
Xususan, 2020-2022 yillarda sil xastaligi tufayli hayotdan koʼz yumganlar soni avvalgi yillarga nisbatan 500 ming nafarga koʼpaygan.
Oʼz navbatida, kasallanish holatlari ham ortgan. Masalan, 2021 yilda jahon boʼyicha 10,3 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qoʼyilgan boʼlsa, oʼtgan yili 10,6 million odamda sil xastaligi aniqlangan.
Roʼyxatga olingan bemorlardan 7,5 million nafari birinchi marta tuberkulyozga chalinganlardir. Bu — 1995 yildan beri qayd etilgan eng yuqori koʼrsatkich.
2022 yilda sil kasalligi taxminan 1,3 million kishining o'limiga sabab bo'lgan.
O'tgan yili dunyo bo'ylab kasallanish holatlarining 87 foizi 30 ta davlat hissasiga to'g'ri kelgan bo'lib, sil kasalligi bilan kasallanganlar umumiy sonining uchdan ikki qismi sakkizta davlatda - Hindiston (27 foiz), Indoneziya (10 foiz), Xitoy (7,1 foiz), Filippin (7 foiz), Pokiston (5,7 foiz), Nigeriya (4,5 foiz). %), Bangladesh (3,6%) va Kongo Demokratik Respublikasi (3%) qayd etilgan.