Yangiliklar

not found

Raqobat qoʻmitasi biologik faol qoʻshimchalarni “dori” sifatida taqdim etayotgan reklamalarga ishonmaslikka chaqirdi.

Raqobat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalar boʻyicha muntazam nazorat xaridlarini amalga oshirib bormoqda. Bu haqida qoʻmitaning rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi. Unda aytilishicha, nazorat natijalariga koʻra: ????2023-yilda oʻtkazilgan 397 ta nazorat xarididan 24 tasi sifatsiz deb topilgan; ????2024-yilda 560 ta xariddan 95 tasi sifatsizligi aniqlangan; ????2025-yilda 618 ta xariddan 123 tasi talabga javob bermagan. Shuningdek, hozirga qadar Qoʻmitaga oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalar boʻyicha 2 345 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Shulardan 337 tasi (14 foizi) biologik faol qoʻshimchalar va oziq-ovqat qoʻshimchalariga taalluqlidir. Murojaatlarning aksariyati fuqarolarning telekanallar, radio va ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarga ishonib, biologik faol qoʻshimchalarni xarid qilgani, biroq ularning kutilgan natijani bermagani yoki sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatgani bilan bogʻliqdir. “Biologik faol qoʻshimchalar dori vositasi hisoblanmaydi va kasalliklarni davolash uchun moʻljallanmagan. Ular faqat organizm faoliyatini qoʻllab-quvvatlash yoki ayrim kasalliklarning oldini olish (profilaktika) maqsadida qoʻllanilishi mumkin. Shuning uchun, har qanday qoʻshimchani isteʼmol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish shart”, — deyiladi qoʻmita xabarida. Raqobat qoʻmitasi isteʼmolchilardan biologik faol qoʻshimchalarni “dori” sifatida taqdim etayotgan reklamalarga ishonmaslikni soʻragan. Shuningdek, “barcha kasalliklarni 1 oyda davolaydi” kabi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan vaʼdalar — aldov reklamalari ekani ham qoʻshimcha qilingan. Faqatgina Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtgan, rasmiy sertifikati mavjud mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi.

  • 11 Noyabr, 18:00
  • Batafsil
not found

Buxorolik tibbiyot xodimlariga davlat mukofotlari topshirildi

Bugun Buxoro viloyati hokimligida sog‘liqni saqlash tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan sohasi vakillarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir davlatimiz rahbarining kuni kecha e’lon qilingan Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi. Tantanali marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov inson salomatligini asrashdek ulug‘ va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan shifokorlar va hamshiralarni, soha faxriylarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi tinmaygi mehnatlari uchun barcha tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorlik izhor etildi. Shundan so‘ng viloyat hokimi taqdirlanganlar qatori “Buxoro dori-darmon” MCHJ 1-Markaziy dorixonasi bo‘lim boshlig‘i Kurbanova Mavluda Raziqovnaga “Shuhrat” medalini tantanali ravishda topshirdi. Mukofotni qabul qilib olar ekan Mavluda Qurbanova: — Bunday yuksak e’tirof uchun avvalo davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildiraman. Ta’kidlashim kerakki, bu medal – nafaqat meniki, balki jamoamizning yutug‘i, jamiyatimiz rahbari Dilmurod Axatov boshchiligida olib borilayotgan samarali mehnatimizning e’tirofi deb bilaman. Biz uchun inson salomatligini asrash — eng oliy vazifa. Shu yo‘lda bor kuchimizni berishga, mas’uliyat bilan xizmat qilishga hamisha tayyormiz, — dedi minnatdorlik va faxr hissi bilan.

  • 10 Noyabr, 17:57
  • Batafsil
not found

2026-yildan tibbiyot sohasida ish sharoiti, oylik va ragʻbatlantirish tizimi yangilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qarorni imzoladi. Hujjatga koʻra, 2026-yildan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Yangi qarorga muvofiq, kelgusi yildan: ✅ Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida ragʻbat puli beriladi; ✅ 1-apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga oʻtadi, bayram va dam olish kunlarida esa navbatchilik saqlanadi; ✅ Yangi davolash usulini joriy qilib, ijobiy natijaga erishgan shifokorlar BHMning 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot oladi; ✅15 yillik stajga ega xodimlarning farzandlariga OTM bakalavriati kontrakt toʻlovining 30 foizi qoplab beriladi (BHMning 15 baravaridan oshmagan holda); ✅ Xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etgan shifokorlar uchun barcha xarajatlar davlat hisobidan qoplanadi; ✅ 500 nafar tajribali xodim uchun uy-joy olishda ipoteka dastlabki badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplanadi; ✅ Milliy akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot muassasalari xodimlariga lavozim maoshining 10 foizi miqdorida oylik ustama beriladi; ✅ 3 yildan ortiq ish stajiga ega xodimlar yilda bir marta davlat hisobidan yuqori texnologik tibbiy yordam oladi; ✅ 15 yillik stajga ega tibbiyot xodimlari uchun har yili respublika sanatoriylariga bepul yoʻllanma ajratiladi; ✅ Davlat xizmatlari toʻlovlari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun ikki barobarga kamaytiriladi. Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab tibbiyot sohasini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga har yili 100 milliard soʻm ajratib, mablagʻlarni indeksatsiya asosida moliyalashtirib boradi.

  • 10 Noyabr, 09:06
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech