Yangiliklar

not found

Oʻzbekistonda 78 foiz oʻlim holatlari qaysi xastaliklar bilan bogʻliq — shifokor javobi

Shifokor sogʻlom turmush tarziga amal qilishning 4 ta asosiy usulini maʼlum qildi. Oʻzbekistonda 78 foiz oʻlim holatlari noinfeksion xastaliklar bilan bogʻliq. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Ergashev maʼlum qildi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, inson salomatligi 55 foiz holatda sogʻlom turmush tarziga bogʻliq. Ortiqcha vazn yoki biror yondosh kasalliklari bor, sogʻligʻiga yetarlicha eʼtibor bermaydigan kishilarda har qanday kasallik ogʻir kechadi. Aksincha, immuniteti kuchli, sogʻlom turmush tarziga amal qiluvchi insonlar, yoshidan qatʼiy nazar, xastalikni tez va oson yengib oʻtadi. Sogʻlom turmush tarziga amal qilmaslik noinfeksion kasalliklarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Bular: -yurak-qon tomir; -qandli diabet; -onkologik; -nafas yoʻllari xastaliklari kabilar boʻlib, Oʻzbekistonda 78 foiz oʻlim holatlari ayni shu xastaliklar bilan bogʻliq, deydi shifokor. Shifokor yuqumli boʻlmagan xastaliklarga chalinmaslik uchun birinchi navbatda toʻgʻri hayot tarzini yoʻlga qoʻyish kerakligini maʼlum qildi. Sogʻlom turmush tarziga amal qilishning 4 ta asosiy usuli mavjud: -toʻgʻri ovqatlanish; -jismoniy faollik; -ruhiy salomatlik; -zararli odatlardan voz kechish. “Qachonki, xalqimiz ongli ravishda oʻz istagi bilan sogʻlom turmush tarzi qoidalariga amal qilishga odatlansa, uni hayotini bir boʻlagi sifatida qarasagina samarali natijaga erishish mumkin”, deya qoʻshimcha qildi u.

  • 4 Sentyabr, 13:21
  • Batafsil
not found

Olimlar fudomiks yoʻnalishda tadqiqotlar olib bormoqda

Olimlar Oʻzbekiston aholisining yurak-qon tomir kasalliklari va diabet kasalligining oldini olishga qaratilgan taomlanish dasturini ishlab chiqmoqdalar.  Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi Daniyaning Kopengagen universiteti bilan hamkorlikda fudomiks yoʻnalishda tadqiqotlar olib bormoqda. Fudomiks oziq-ovqat tarkibidagi molekulalar miqdori va ularning sifati analizi bilan shugʻullanadigan soha boʻlib, mahsulotlarning inson sogʻligiga ijobiy yoki salbiy taʼsirini oʻrganadi. Hozirda loyiha doirasida oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy va biologik xususiyatlarining tahlili amalga oshirilmoqda. Bunda aholi tomonidan eng koʻp ishlatiladigan mahsulotlar (masalan, oʻsimlik yogʻi)ning toksik va patogen xususiyatlari molekulyar darajada oʻrganilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining molekulyar tarkibini tahlil qilish orqali ularning inson salomatligiga taʼsiri tadqiq etiladi uva fudomik-platforma yaratiladi. Bu oʻz navbatida oziq-ovqat mahsulotlariga eng zamonaviy standart talablarini qoʻyish imkonini yaratadi. Hozirda Ilgʻor texnologiyalar markazi olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar – qon-tomir kasalligi va diabetning 2-turiga oziq-ovqat mahsulotlarining taʼsiri oʻrganilmoqda. Bunda shifokorlar, biologlar, biokimyogarlar va kimyogar-tahlilchilar hamkorlikda ish olib bormoqda. Oʻzbekistonda fudomiks sohasida ilk bora amalga oshirilayotgan mazkur loyiha yurtimiz aholisi orasida yurak-qon tomir kasalliklari va diabet kasalligining oldini olish, erta oʻlim sabablarini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tadqiqot natijalariga koʻra, yurtimiz aholisi uchun milliy ovqatlanish anʼanalaridan kelib chiqqan holda eng maqbul ovqatlanish ratsioni ishlab chiqiladi. Ushbu loyihani amalga oshirish aholi guruhlarining fiziologik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ovqatlanish tavsiyalarini shakllantirish uchun dalillarga asoslangan platforma yaratadi.

  • 4 Sentyabr, 10:02
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech