Yangiliklar

not found

Qon bosimining oshishiga qanday omillar taʼsir qiladi?

Qon bosimining oshishi nafaqat kattalar, balki yoshlarda ham kuzatilishi, uning kelib chiqishiga esa turli omillar sabab boʼlishi mumkin. Gipertoniya xavfining rivojlanishiga sabab boʼluvchi omillar: Tuzni haddan ortiq isteʼmol qilinishi Qancha koʼp tuz isteʼmol qilinsa, arterial bosimning osish xavfi shuncha yuqori boʼladi. Tarkibida suvni oʼzida ushlab turuvchi faol modda boʼlgani hisobiga natriy tomirlar ichida suv ushlab qolinadi. Bu esa bosimning oshishiga sabab boʼladi. Isteʼmol qilinadigan tuz miqdorining kamayishi esa qon bosimining sezilarli kamayishiga sabab boʼladi. Goʼsht, tuxum, sabzavot, baliq mahsulotlari tarkibida tabiiy natriy boʼlgani sabab esa ularni tuzsiz isteʼmol qilsa ham boʼladi. Shoʼr taomlarni yaxshi koʼradiganlar tuzdan voz kechishi natijasida qon bosimining tushishi kuzatiladi. Kaliyga boy mahsulotlar bodring, qovoq, bulgʼori qalampiri, yashil noʼxat va koʼkatlar isteʼmoli ham qon bosimini pasayishiga taʼsir qiladi. Gipertoniyadan aziyat chekadigan va kelib chiqish xavfi yuqori boʼlgan kishilarga DАSh parheziga rioya etish tavsiya qilinadi. Vazn ortishi va semirish Vazn qancha ortiq boʼlsa, qon bosimi ham shuncha yuqori boʼladi. Ortiqcha vaznli kishilarda qon bosimining yuqori ekanining sababi turli va bir qancha omillar: gormonal oʼzgarish, leptin miqdorining oshishi, tomirlar patologiyasi va ateroskleroz bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Chekish Qon tomirlari zararlangani sabab ham qon bosimi ortishi koʼp kuzatiladi. Meʼyorda qon bosimi koʼtarilganda tomirlar kengayishi kerak, bu kompensatsiya hisobiga bosim oʼz holiga keladi. Chekadigan kishilarning qon tomir devorlari yupqalashadi, bu esa ularning qisman yoki butkul kengaya olmasligiga sabab boʼladi. Blyashkalar(zararlangan qon tomirlardagi xolesterin birikmasi)ning paydo boʼlishi ham gipertoniya xavfini oshiradi. Kam harakatlilik Jismoniy faollik kamligi hisobiga kaloriya sarflanishi ozayadi, vazn toʼplanadi va qon tomirlar tonusi buziladi. Muntazam ravishda jismoniy faol boʼlish esa qon bosimining meʼyorda boʼlishiga sabab boʼladi. Shunga qaramay, qon bosimi yuqori boʼlgan kishilarga avvalo uni meʼyorlashtirib, keyin jismoniy mashqlar bilan shugʼullanish tavsiya qilinadi. Surunkali stress Tomirlar holatining yomonlashishi hisobiga stressning surunkali kuzatilishi ham gipertonik kasallikka sabab boʼladi. Аsabiylashganda chekish shundoq ham qiyin boʼlgan organizmga yanada zarar yetkazadi. Bu esa xavfning ikki karra ortishiga sabab boʼladi. Spirtli ichimlik Spirtli ichimlikni koʼp isteʼmol qilish nafaqat qon bosimi ortishi, balki yurak, buyrak va qon tomir kasalliklari kelib chiqishiga ham sabab boʼladi. Yuqoridagilardan tashqari oʼzgartirish mumkin boʼlmagan boshqa xavf omillari ham mavjud Yosh (yosh oʼtishi bilan kasallik xavfi yuqori boʼladi), jins (erkaklarda gipertoniyaning kechishi ogʼirroq boʼladi), irsiyat va kelib chiqish (afroamerikaliklarda gipertonik kasalliklar koʼp kuzatiladi). Buyrak, nevrologik, qalqonsimon bez kasalligi bor kishilarda ham qon bosimining ortish xavfi yuqori boʼladi.

  • 13 Fevral, 09:00
  • Batafsil
not found

JSST: Dunyoda har yili 5 million kishiga epilepsiya tashxisi qoʼyilmoqda

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan epilepsiya kasalligi bilan bogʼliq yangi hisobot eʼlon qilindi. Unga koʼra, hozir dunyo boʼyicha taxminan 50 million kishi ushbu darddan aziyat chekmoqda. Аchinarlisi, keyingi davrda bunday bemorlar soni yiliga 5 million nafarga ortyapti. Ularning qariyb 80 foizi past va oʼrta daromadga ega mamlakatlar aholisidir. Yaʼni mazkur hududlarda har 100 000 kishidan 139 nafariga epilepsiya tashxisi qoʼyilmoqda. Hisobotda keltirilishicha, oʼsish dinamikasi Yer yuzida endemik kasalliklar xavfi ortishi, yoʼl-transport hodisalari va tugʼilish chogʼidagi jarohatlar koʼpayishi, qolaversa, tibbiy infratuzilma, profilaktika dasturlari hamda arzon va malakali tibbiy yordam yetishmasligi kabi qator omillar bilan bogʼliq. Vaholanki, epilepsiya xurujlarining oldini olsa boʼladi. Bundan tashqari, 70 foiz bemorlar tutqanoqqa qarshi dorilar yordamida toʼgʼri muolaja olib, bu darddan xoli yashashlari mumkin. Аmmo kam daromadli mamlakatlarda epilepsiyaga chalingan odamlarning toʼrtdan uch qismi davolanmaydi. Oʼz navbatida, bunday davlatlarda antikonvulьsant dorilar taʼminoti 50 foizga ham yetmaydi. Аksariyat hollarda epilepsiyani birlamchi tibbiyot muassasalarida murakkab asbob-uskunalarsiz tashxislash va davolash imkoniyati mavjud. Аmmo bunday bilim va koʼnikmaga ega mutaxassislar barcha hududlarda ham, afsuski, yetarli emas. Shularni hisobga olgan holda, JSST epilepsiya diagnostikasi va muolajasida samaradorlikka erishish uchun birlamchi tibbiyot muassasalari xodimlarini maxsus tayyorgarlikdan oʼtkazish zarur, degan xulosada. Elatib oʼtamiz, epilepsiya – turli xil xurujlar va hushdan ketishlar bilan namoyon boʼluvchi bosh miyaning surunkali kasalligi. U xalq orasida tutqanoq, quyonchiq, deb ham ataladi. Xastalik 70 foiz holatda 20 yoshgacha boʼlgan davrda rivojlanadi.  

  • 12 Fevral, 12:57
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech