Yangiliklar

not found

Respublika ruhiy salomatlik markazining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida iхtisoslashtirilgan psiхiatriya va narkologiya хizmatini  koʻrsatishning  yagona tashkiliy-uslubiy vertikal boshqaruv tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi VMQ-447-sonli qarori qabul qilindi.  Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi: psiхiatriya yordami хizmatlarini birlamchi tibbiy yordam muassasalariga integratsiya qilish orqali ruhiy kasalliklarni erta aniqlash va davolash; birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasasi shifokorlarining ruhiy kasallarni klinik baholash, davolash va kuzatish boʻyicha koʻnikma va bilimlarini oshirish; aholi, ayniqsa bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash; tibbiyot хodimlarining kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaхassislarning kasalliklariga tashхis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari sohasida yetakchi хorijiy tibbiyot oʻquv yurtlari va klinikalarida stajirovkalarini tashkil etish; kasalliklarning oldini olish, tashхis qoʻyish va davolashning ilgʻor usullari va teхnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish; yetakchi хorijiy tibbiyot muassasalari bilan хalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash.  Markaz sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida ruhiy salomatlikni ta’minlash yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.  Hujjat bilan amaldagi psiхiatriya va narkologiya хizmatlarini hududiy filiallarga qayta tashkil etilishini hisobga olgan holda Markazning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 25 iyuldan kuchga kirgan.

  • 29 Iyul, 08:49
  • Batafsil
not found

Krasnodar oʼlkasida soxta dori vositalari sabab toʼrt nafar bola vafot etdi

Krasnodar oʼlkasida kontrafakt dori vositalarini sotuvchi noqonuniy dorixonalar tarmogʼi faoliyati toʼxtatildi. Xaridorlar bu yerdan dori vositalarini shifokorning retseptisiz sotib olishi mumkin boʼlgan. Krasnodar oʼlkasi boʼyicha Tergov qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, jinoiy sxema ikki aka-uka tomonidan ishlab chiqilgan va keyinchalik jinoiy sheriklar guruhi 27 nafarga koʼpaytirilgan. Aniqlik kiritilishicha, aka-uka viloyatning turli tumanlaridagi taʼlim muassasalari yonida joylashgan noturar joyni ijaraga olib, dorixonalardek jihozlagan. Shunday qilib, bunday noqonuniy muassasalarning butun tarmogʼi yaratilgan. Sotuvchilar orasida maxsus maʼlumotga ega boʼlmagan va farmatsevtika sohasida oʼqimagan odamlar boʼlgan. Guruh aʼzolari 2024-yilning 4-iyuniga qadar isteʼmolchilarga shu jumladan voyaga yetmaganlarga qalbaki dori vositalarini sotgan. "Farmatsevtlar" retsept soʼrashmagan. Sudlanuvchilarning jinoiy harakatlari natijasida toʼrt nafar bola qalbaki dori vositalarini isteʼmol qilish natijasida vafot etgan. Voyaga yetmaganlarning oʼlimiga sabab boʼlgan uyushgan guruh tomonidan qalbaki dori vositalarini sotish holatlari yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov doirasida 50 dan ortiq manzillarda yashash joylari va dorixonalar bilan jihozlangan binolarda tintuvlar oʼtkazilgan. Jinoiy guruh ishtirokchilari va tashkilotchilarining mulklari, shuningdek, bankdagi hisob raqamlaridan 100 million rubldan ortiq pullar olib qoʼyilgan.

  • 26 Iyul, 11:56
  • Batafsil
not found

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ҳамда ДХХнинг Андижон вилояти бошқармалари томонидан ҳамкорликда ўтказилган тезкор тадбирда қонунга хилоф равишда дори воситалари савдоси билан шуғулланиб келган фуқаро А.Б. тегишли ҳужжатлари бўлмаган 30 қути “Элфлок 100 мл” номли дори воситасини Жалақудуқ туманидаги “Z.F.” МЧЖга қарашли дорихонага ўтказиш учун олиб келган вақтида ушланиб, унинг бошқарувидаги автотранспорт воситаси ва яшаш хонадонидан сотиш мақсадида сақлаб келинган умумий баҳоси 172,2 млн сўмлик ҳужжатсиз дори воситалари ашёвий далил сифатида олинган Шу каби, Департаментнинг Ангор туман бўлими вилоят ИИБ ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда фуқаро Г.М. фуқаро М.Х.га таркибида кучли таъсир қилувчи моддалари мавжуд бўлган 8 қути (288 капсула) “Редуксин лайт” ва 8 қути “Detox Tea” номли дори воситаларини 4,5 млн сўмга сотган вақтида ушланиб, ушбу дори воситалари ашёвий далил сифатида олинган. Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

  • 26 Iyul, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech