Yangiliklar

not found

Yozning jaziramasida salomatlik uchun nimalarni yodda tutish kerak!

Yoz mavsumida mintaqamizga xos boʻlgan quruq issiq havo kuzatiladi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimizda ham harorat yuqorilab boryapti. Shunday ekan bunday paytda qanday tavsiyalarga amal qilish kerak? -Issiq havoda tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan boʻlgan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq. Mavsumga mos bunday liboslar terini quyoshning zararli nurlaridan himoyalab, uning nafas olishiga yordam beradi hamda tana qizib ketishining oldini oladi. Tadqiqotlarga koʻra, qizil, kulrang va sariq rangli kiyimlar issiqlikni, yaltiroq va shoyi matolar esa ultrabinafsha nurlarini yaxshi qaytaradi. - Quyosh nurlarida bosh kiyim kiyib yurish lozim. Chunki bosh terisi boshqa teri kabi quyosh nurlaridan kuyishga moyil. - Quyosh nuri soat 12:00 dan 16:00 gacha juda faol holatda boʻladi. Shuning uchun bu vaqt oraligʻida zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmagan maʼqul. - Issiq ob-havoda kuniga 3 litrdan kam boʻlmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. Biroq past haroratdagi salqin ichimliklarni ichishdan tiyilish zarur. Sababi ular butun organizmga, oshqozon ichak yoʻllari faoliyatiga salbiy taʼsir etadi. Qolaversa, salqin ichimlik ichganda tonzillit kabi surunkali kasalliklar kuchayishi mumkin. Bundan tashqari, chanqoq payti olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron hamda limonli suvlar, yashil va oʻsimlik choylari (yalpiz, romashka va boshqalar) chanqoqni tez bosadi. - Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan maʼqul. Chunki u issiq kunda charchoqni oshiradi.

  • 10 Iyun, 12:55
  • Batafsil
not found

Rossiyada saratonning barcha turlariga qarshi vaktsina muvaffaqiyatli sinovdan oʼtkazildi

Rossiyada saratonning barcha turlariga qarshi vaktsinaning birinchi sinovlari yaxshi natijalarni koʼrsatdi. Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Aleksandr Ginzburg Gazeta.Ru bilan suhbatda shu haqda gapirdi. Preparatning birinchi sinovi melanoma bilan sunʼiy ravishda emlangan sichqonlarda oʼtkazildi. Shundan soʼng, baʼzi kemiruvchilar yangi vaktsina bilan emlandi. 15-kuni, hayvonlarning immun tizimi ishlay boshlaganida, olimlar emlangan va emlanmagan sichqonlar oʼrtasida oʼsimta oʼlchamida katta farq borligini koʼrdilar. Vaktsinani olgan kemiruvchilar tirik. 19 va 22 kunlar orasida emlanmaganlari orasida oʼlim qayd etilgan. Ginzburgning qoʼshimcha qilishicha, tajriba hozirda davom etmoqda. “Haqiqatan ham, onkologiyaning barcha muammolarini tom maʼnoda hal qilish imkonini beradigan universal texnologiya yaratilgan. Bu amaliyotga qanday tatbiq etilishi boshqa masala”, - dedi u. Olimning qayd etishicha, terapevtik vaktsina COVID-19 ga qarshi dori vositalariga oʼxshash mRNK texnologiyalari asosida yaratilgan. U saraton kasalligiga chalingan odamlarga qoʼllaniladi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, vaktsinalar individual boʼladi, yaʼni bemorning oʼziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi. Ginzburgning soʼzlariga koʼra, Rossiyada saraton kasalligiga chalingan bemorlarga vaktsina mushak ichiga yoki toʼgʼridan-toʼgʼri oʼsimtaga kiritilishi, soʼngra preparat butun tanaga teng taqsimlanishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, tomchilar orqali yuborish imkoniyati koʼrib chiqilmaydi, chunki bu jigarga salbiy taʼsir qilishi mumkin. “Albatta, samaradorlik dorining yuborilish usuliga bogʼliq. Yaqin kunlarda bu savolning javobiga oydinlik kiritamiz”, deb tushuntirdi u.

  • 10 Iyun, 09:57
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech