Yangiliklar

not found

Ayrim tadbirkorlar 27 baravar miqdorida ustama qoʻllab, dori vositalarini sotganligi aniqlangan

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.Xudayarovning “Mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji va chakana savdosi holati toʻgʻrisida”gi Qonunchilik palatasi parlament soʻroviga yuborgan javobi muhokama  qilindi. Parlament soʻroviga kelgan javobda qayd etilganidek, respublikada bugungi kunda dori vositalari ulgurji realizatsiya qilish uchun 538 ta korxona, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun esa 15 250 ta litsenziyaga ega dorixona faoliyat yuritmoqda. Ayni vaqtda Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan 2023-yil 22-iyundan license.gov.uz tizimi orqali amalga oshirilyapti. Shu bilan birga, davlatimiz rahbarining 2022-yil 26-oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab, jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilingan dori vositalarining narxi “FAIR TECH” yagona axborot tizimida dori vositalarining ulgarji va chakana savdosida narxlarni referent narxlar bilan avtomatik tarzda solishtirish hamda huquqbuzarlikni aniqlash imkoniyati yaratilgan. Ushbu tizim orqali bir oyda oʻrtacha 352 mingdan ortiq referent narxni buzish holatlari qayd etilgan. Ayrim aniqlangan holatlarda hatto tadbirkorlar 27 baravar miqdorida ustama qoʻllab, dori vositalarini sotganligi aniqlangan. Majlisda deputatlar aholini sifatli, xavfsiz va bezarar dori vositalari bilan taʼminlash, sifatsiz mahsulotlarni import qilinishini oldini olish, farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash uchun javobgarlikni aniq belgilash, xalqaro talablarga javob beradigan sifat tizimini yaratish, mahalliy mahsulotlarni chet el davlatlariga eksport qilinishi uchun keng yoʻl ochib berish lozimligini qayd etdilar. Parlament soʻroviga yuborilgan javobda berilgan axborotni eʼtirof etish bilan birga, mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirish va mavjud qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish kerakligini taʼkidladilar.

  • 23 Yanvar, 14:57
  • Batafsil
not found

FDA "Prolia" organizmda kaltsiyni xavfli darajaga tushirishi haqida ogohlantiradi

FDA Amgenning osteoporozga qarshi "Prolia" dori vositasi yorligʼiga gipokalьtsiemiya haqida ogohlantiruvchi yozuvni qora bilan belgilab qoʼydi. Preparatni qabul qilish natijasida kalьtsiyning kamayishi va oqibatda kasalxonaga tushib qolish, hattoki bemorlarning oʼlimiga sabab boʼlishi mumkin. AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA)  "Prolia" (denosumab) ni qabul qilish boʼyicha yoʼriqnomaga ogohlantirish qoʼshdi. Regulyatorning taʼkidlashicha, osteoporozni davolash uchun moʼljallangan dori-darmonlarni qabul qilish qondagi kalьtsiyning juda past darajaga tushishiga olib kelishi mumkin. Gipokalьtsiemiya surunkali buyrak kasalligi boʼlgan bemorlar uchun alohida xavf hisoblanadi. Ogohlantirish qora rang bilan chizib qoʼyilishi u jiddiy yon taʼsir ekanligini koʼrsatadi. Qayd etilishicha, "Prolia"ni qabul qilish natijasida kelib chiqqan kalьtsiyning kamayishi kasalxonaga yotqizish va oʼlimga sabab boʼlgan. Gipokalьtsiemiya asemptomatik boʼlishi mumkin, ammo FDA chalkashlik, anormal yurak ritmi, hushidan ketish, mushaklarning spazmlari va zaiflik kabi alomatlarga eʼtibor berish kerakligi haqida ogohlantirdi. "Prolia" monoklonal antitela boʼlib, har olti oyda teri ostiga yuboriladi. FDA 2022 yilda preparatning gipokalьtsiemiya xavfi haqida ogohlantirib, tekshiruv boshlanishini eʼlon qilgandi. Preparat birinchi marta 2010 yilda postmenopozal osteoporozni davolash uchun tasdiqlangan. Preparat osteoklastlarning shakllanishi, faoliyati va hayotida muhim rol oʼynaydigan oqsil bilan bogʼlanish orqali ishlaydi (insonlarning yoshi ulgʼaygaynida suyaklarning tabiiy parchalanishi jarayonida ishtirok etadigan hujayralar). Amgen portfelida 2022 yilda Rossiyada roʼyxatdan oʼtgan osteoporoz uchun muqobil dori "Iveniti" (romosozumab) mavjud. Uning yorligʼida ham FDA tomonidan qondagi kaltsiy darajasining xavfli darajaga tushishi xavfi haqida ogohlantirish mavjud.

  • 23 Yanvar, 11:47
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech