News

not found

Kuchli taʼsir qiluvchi hamda boshqa dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʼjaobod tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.B. va boshqalar, 240 dona “Tropikamid”, 2,1 ming dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro F.T.ga 28 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Shu kabi, Departament hamda DXXning Fargʼona tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.А. dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʼzlab, fuqaro O.А.ga 1 980 dona “GULSEF-SB” nomli dori vositasini 28,5 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 22 dona “Ferasoft-S” va 5 dona “Ferrac” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, X.А.ning xonadonidan jami 1 470 dona “Mikonid”, “FerroZinc”, “Immuzinc” hamda yaroqlilik muddati oʼtgan 434 dona “HINDCEF-SB”, “BАZOTsID” va “LikoMast” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

  • 25 January, 12:03
  • Read more
not found

JSST mamlakatlarni ishlab chiqariladigan va sotiladigan dori vositalari ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirdi

 Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti sifatsiz va qalbakilashtirilgan tibbiy mahsulotlarning paydo boʼlish holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chora koʼrish boʼyicha dunyo davlatlariga murojaat bilan chiqdi. Murojaatda taʼkidlanishicha, oxirgi toʼrt oy ichida 7 ta davlat yuqori kontsentratsiyalarda dietilenglikolь (DEG) va etilenglikolь (EG) bilan tasdiqlangan yoki shubhali ifloslanishi boʼlgan bolalar uchun retseptsiz yoʼtal siroplaridan foydalanishning bir necha holatlari haqida xabar bergan. «Bular sanoat erituvchilar va antifrizlar sifatida ishlatiladigan zaharli kimyoviy moddalar boʼlib, ular kichik miqdorda ham oʼlimga olib kelishi mumkin va hech qachon dori-darmonlar tarkibida boʼlmasligi kerak», deyiladi JSST xabarida. Ushbu mamlakatlarning uchtasida 300 dan ortiq oʼlim holatlari sodir boʼlgan, halok boʼlganlarning aksariyati besh yoshgacha boʼlgan bolalar boʼlib, ular sifatsiz dori vositalarini isteʼmol qilgan. JSST ushbu davlatlarning hisobotlariga tayanib, mazkur holatlar boʼyicha uchta global tibbiy ogohlantirishlarni eʼlon qilgan: 2022 yil 5-oktabrda — Gambiyada yoʼtalga qarshi siroplarni ichishdan 69 nafar bola vafot etgani haqida, 2022 yil 6 noyabrda — Indoneziyada 10 oy ichida besh yoshgacha boʼlgan 133 bola yoʼtalga qarshi va istima tushuruvchi dorilarni ichishi oqibatida buyraklarining ishdan chiqishi hamda 11 yanvarda — Oʼzbekistonda «Dok-1 Maks» dorilarini ichishdan 20 nafar bola vafot etgani haqida. JSST tartibga soluvchi organlar va hukumatlarni ogohlikka chaqiradi: JSST ogohlantirishlarida oʼlimning potentsial sababi sifatida qayd etilgan har qanday sifatsiz tibbiy mahsulotlarni aniqlash va savdodan olib tashlash;bozorga sotiladigan barcha tibbiy buyumlar vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangani va litsenziyalangan yetkazib beruvchilardan olinishini taʼminlash;ishlab chiqarish maydonlarini xalqaro meʼyorlar va standartlarga muvofiq tekshirishni takomillashtirish va koʼpaytirish uchun resurslarni ajratish;dori vositalari bozorlari, shu jumladan, norasmiy bozorlar ustidan nazoratni kuchaytirish, sotishga chiqarilgan tovarlarning tibbiy buyumlarini sinovdan oʼtkazish;sifatsiz va kontrafakt dori vositalarini ishlab chiqarish, tarqatish va/yoki ulardan foydalanishga qarshi kurashishga qaratilgan qonunlar va boshqa huquqiy chora-tadbirlarni qabul qilish va amalga oshirish. JSST dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga ham murojaat qilgan: yordamchi farmatsevtika vositalarini faqat malakali va nufuzli yetkazib beruvchilardan sotib olish;mahsulotlarni qabul qilish va ishlab chiqarishda ishlatishdan oldin har tomonlama sinovdan oʼtkazish;sinov natijalari boʼyicha sertifikatlashtirish orqali mahsulot sifatini taʼminlash;hodisalarni tekshirish paytida tergovni osonlashtirish uchun materiallarni xarid qilish, sinovdan oʼtkazish, ishlab chiqarish va tarqatish boʼyicha aniq va toʼliq yozuvlarni saqlash. Bundan tashqari, JSST tibbiy mahsulotlarning barcha yetkazib beruvchilari va distribyutorlarini quyidagilarga chaqirgan: ular tarqatayotgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qalbakilashtirilganlik belgilari va jismoniy holatini doimo tekshirib turish;dori vositalarini faqat vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan manbalardan tarqatish;dori vositalari va ularni taqsimlashning aniq va toʼliq hisobini yuritish;dori vositalari bilan ishlashga malakali xodimlarni jalb etish va aholiga dori vositalaridan toʼgʼri foydalanish boʼyicha maslahat berish.  

  • 24 January, 16:38
  • Read more
not found

Gepatit alifbosi

 Gepatit virusli kasallik hisoblanib, bemorda jigar hujayralari zararlanishi kuzatiladi. Qolaversa, uning faoliyati buzilishi oqibatida organizmda intoksikatsiya — zaharlanish yuz beradi. Virusli gepatitning asosan 6 ta — A, B, C, D, E, G kabi turlari mavjud. Gepatit А – eng koʼp aniqlanadigan, biroq boshqa turlarga nisbatan xavfsizroq xastalik boʼlib, asosan bemorlarda oʼtkir kechadi. Аmmo surunkali tus olmaydi hamda oʼlim va boshqa jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi bilan farqlanadi.Bu xastalikning yana bir nomi “iflos qoʼllar kasalligi” deb ham ataladi. Virusni asosan kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda bemor bilan muloqotda boʼlish orqali yuqtirish mumkin.  Gepatit V. 1967 yil Nobelь mukofoti laureati, amerikalik shifokor Samuelь Barux jigar kasalligini keltirib chiqaruvchi gepatit B virusini aniqlashga muvaffaq boʼlgan. Gepatit V ushbu kasallik turlari orasida eng xavflisi boʼlib, har yili dunyoda minglab insonlar mazkur virus tufayli vafot etadi. Bugungacha uning qoʼzgʼatuvchisiga bevosita taʼsir etuvchi preparat topilganicha yoʼq.  Gepatitning S turi koʼpincha jigar sirrozi yoki saratonga sabab boʼluvchi xavfli xastalik hisoblanib, uni shifokorlar “muloyim qotil” deb ham atashadi. Sababi kasallikning rivojlanish davrida bemorda hech qanday salbiy belgilar kuzatilmaydi. Virus asosan qon orqali, yaʼni ehtiyotsizlik sabab stomatolog, manikyur va boshqa amaliyotlarda qon tekkan buyumdan oʼzga bir insonga yuqishi mumkin. Qolaversa, tish choʼtkasi yoki soqol oladigan uskuna ham kasallanish uchun sabab boʼladi. JSST maʼlumotlariga koʼra,  har yili dunyoda 325 millionga yaqin odam gepatit V virusi va kamida 200 million kishi gepatit C virusi bilan kasallanmoqda.  Butunjahon gepatit alyansining 2021 yilgi maʼlumotlariga  koʼra, gepatit V va C virusi tufayli har yili jahonda 1,4 million odam vafot etadi.  Gepatit D — shifokorlar tomonidan «superinfektsiya» deb ataladigan gepatit D organizmda gepatit B virusi boʼlgandagina koʼpayadi. Аksar hollarda kasallik bilan zararlanish qon quyganda yoki giyohvandlarning shpritslari orqali yuqishi kuzatiladi. Onadan homilaga yuqishi ham mumkin. gepatit B ga chalingan bemorlar gepatit D yuqishiga moyil boʼladi. Gemofiliya kasalligi bor kishilar giyohvandlarning kasallikka chalinish ehtimoli yuqori. Bir vaqtni oʼzida gepatitning А va B turlariga chalinish holatlari ham uchrab turadi. Zararlangandan keyin kasallik rivojlangunicha gepatit B singari 1,5-6 oy vaqt oʼtishi mumkin. Gepatit E — gepatit А singari E turi ham deyarli surunkali kechmaydi. Аmmo ayol homiladorligining soʼnggi uch oyida ushbu virusni yuqtirib olsa, oʼlim ehtimoli 40 foizni tashkil qiladi. E gepatit viruslari gepatit А singari odamga ifloslangan qoʼllar, ichimlik va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadi.  Gepatit bilan zararlanmaslik uchun nima qilish kerak? Gepatitning vaktsinasi bor turlariga qarshi emlaning. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling. Tibbiyot muassasalari va goʼzallik salonlarida bir martalik asboblardan foydalanish va ularni sterilizatsiyalanganiga eʼtiborli boʼling. Iloji boricha bir yilda bir marta gepatitga qon tahlili topshiring. Gepatitning baʼzi turdagi viruslari qonga tushganidan keyin 20 yilgacha oʼzini namoyon qilmasligini unutmang. Salomatligingizga befarq boʼlmang.  

  • 24 January, 12:29
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech