Yangiliklar

not found

Faxriy donorlarga BHMning 15 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi

Oliy Majlis Senatining kuni kecha bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida beg‘araz donorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Donorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi mazkur qonun bilan bir qator yangiliklar kiritilmoqda. Ular quyidagilardan iborat: • “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bir yo‘la beriladigan pul mukofoti oshirilyapti. Ilgari ushbu mukofot BHMning 5 baravari miqdorida edi, endilikda 15 baravar etib belgilanayotir. • Ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan donorlar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqishi mumkin. • Shahar yo‘lovchi transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanadi. • Sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, qonunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari ham aniq belgilangan. Ya’ni ular tomonidan aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, donorlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralari ko‘riladi. Ushbu qonun pirovardida aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

  • 25 Fevral, 14:50
  • Batafsil
not found

Rossiyada 1-martdan boshlab muddati o‘tgan dori-darmonlarni sotish taqiqlanadi

Rossiyada 1-martdan boshlab muddati o‘tgan dori-darmonlar va muomalasi cheklangan dori vositalarini sotishni taqiqlovchi qonun kuchga kiradi. Taqiq "Chestniy znak" markirovkasi tizimida noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lgan dorilarga yoki tibbiy maqsadlarda qo‘llaniladigan dori vositalari harakatini monitoring qilish tizimida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan dori-darmonlarga ham tegishli bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, ushbu yangiliklar rossiyaliklarning sog‘lig‘ini, ayniqsa, fuqarolarning eng zaif toifasi - pensionerlarni muddati o‘tgan dori-darmonlarni bilmasdan qabul qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan himoya qiladi. "Qanchalik g‘alati tuyulmasin, muddati o‘tgan dori vositalari cheklovlarsiz sotiladi, bu esa fuqarolar salomatligi uchun bevosita xavf tug‘diradi. Endi kassada dori vositasining QR-kodini skanerlaganda "Chestniy znak" tizimidan mahsulotning yaroqlilik muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kelib tushadi. Agar muddati o‘tgan bo‘lsa, xarid amalga oshmaydi". - deydi Rossiya Davlat dumasining sog‘liqni saqlash qo‘mitasi rahbari Sergey Leonov. Qonunda identifikatsiya vositalarini qo‘llash yoki ularni fuqarolik muomalasiga kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan dori vositalarini sotish taqiqlanadi. Shuningdek, hokimiyat organlari qarori bilan qo‘llanilishi taqiqlangan yoki fuqarolik muomalasi to‘xtatilgan dori vositalarini sotish taqiqlanadi.

  • 25 Fevral, 11:50
  • Batafsil
not found

Tadqiqot: Dorilarni sut bilan ichish ularning ta’sirini yaxshilaydi

Monash universiteti rahbarligida o‘tkazilgan yangi tadqiqot inson va sigir sutini qo‘shib ichish ayrim dorilarning samaradorligini sezilarli darajada oshirishini aniqladi. Avvalgi tajribalar sut yordamida turli dorilar organizmga yaxshiroq singishini ko‘rsatgan edi — bezgakka qarshi dorilar va parazitar infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan prazikvantel shular jumlasidandir. So‘nggi tadqiqot natijasida deyarli har bir xonadonda topiladigan ushbu mahsulot dori-darmonlarning organizmga so‘rilishini oshirishiga shubha qolmadi. Bu ayniqsa bolalarni davolashda muhim. “Biosinguvchanlik” atamasi dorining qon oqimiga qancha miqdorda kirishini ifodalaydi. Bu bir necha omillarga, jumladan, oshqozon va ichak pH darajasiga bog‘liq. Bundan tashqari, oshqozon-ichak traktidagi fermentlar va metabolizm ham so‘rilishga ta’sir ko‘rsatadi. Tanamiz asosan suvdan iborat — agar dori suvda yomon erisa, uning faqat bir qismi qonga o‘tadi. Lipofil dorilar yaxshi erishi va singishi uchun yog‘ kerak (shuning uchun shifokorlar ba’zi tabletkalarni ovqat bilan ichishni tavsiya qiladi). Sutda yog‘ miqdori yuqori bo‘lgani sababli suvda yomon eriydigan moddalar inson yoki sigir suti bilan aralashtirilganda samarali ta’sir qiladi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajriba davomida olimlar sut bilan aralashtirib ichilgan dorilar 175 foizgacha samaraliroq so‘rilishini aniqladi. Ammo past va o‘rta daromadli mamlakatlarda tibbiy preparatlarda sutdan foydalanish bilan bog‘liq muayyan muammolar mavjud. Sovitish imkoniyati cheklangani tufayli, masalan, Afrikadagi oddiy odamlar hayotiga bunday amaliyotlarni joriy etish qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababli, olimlar xavfsiz va samarali sut formulalarini ishlab chiqishga urinmoqda. Bu formulalar issiq iqlim sharoitida ham bemorlarning keng doirasi uchun qulay bo‘lishi kerak. Ushbu sohadagi keyingi tadqiqotlar bolalar uchun yanada samaraliroq va xavfsizroq dori vositalarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Bu ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlardagi cheklangan resurslar sharoitida juda dolzarb masala. Sut o‘z tarkibidagi yog‘lar, oqsillar va uglevodlar tufayli ba’zi dori vositalarining yaxshiroq o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Yog‘lar bilan ayrim vitaminlar va dori moddalari yaxshiroq so‘riladi. Oqsillar esa dori vositalarining faol tarkibiy qismlari bilan bog‘lanib, ularning ajralib chiqishini sekinlashtiradi va ta’sir muddatini uzaytiradi.

  • 25 Fevral, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech