15:00 (29.01.2025)
432
Dunyodagi eng qadimgi dorixona qaysi? Bu savol har doim bahs-munozaraga sabab bo‘lgan, chunki urganilmagan, tadqiq qilinmagan va bizgacha yetib kelmaan qo‘lyozmalar talaygina.
Ammo, asrlar davomida farmatsevtikaning boy merosini o‘zida mujassam etgan eng qadimiy farmatsevtika muassasalari dunyoning turli burchaklarida faoliyat ko‘rsatar ekan, eng yaxshi farmatsevtika an’analari namunasi doimo ko‘z o‘ngimizda saqlanib qoladi va bu har bir farmatsevtga o‘z ishidan faxrlanish uchun asos bo‘la oladi.
1. Santa Maria Novella dorixonasi (Officina Profumo-Farmaceutica di Santa Maria Novella), Florensiya, Italiya
To‘liq nomi Officina Profumo-Farmaceutica di Santa Maria Novella bo‘lgan mashhur muassasa haqli ravishda dunyodagi eng chiroyli dorixona hisoblanadi. Italiya Uyg‘onish davri uslubidagi interer hayratlanarli: marmar pollar, baland shiftlar, zarhal kornizlar va misdan yasalgan haykallar.
U XIII asrga tegishli binoda joylashgan. Uning tashkil etilgan vaqti noma’lum, ammo dorixona 1221-yilda Dominikan rohiblari shaharga joylashib, bu yerda monastir tashkil qilgandan so‘ng paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Ushbu dorixona hali ham deyarli bir joyda, Via della Scala, 16 da joylashgan. O‘sha paytda rohiblar dorivor o‘tlarni to‘plashib, maxsus formulalar yordamida dori-darmonlar va shifobaxsh balzamlar tayyorlashgan. 1612-yilda dorixona ommaga ochilgan va Qirollik janoblarining ustaxonasi deb nomlangan. 1866-yilda cherkov davlat mulki foydasiga musodara qilingandan so‘ng, kompaniya faoliyatini boshqarish mashhur Florensiya kosmetika va parfyumeriya uyining direktori Chezare Augusto Stefanining qo‘liga o‘tgan.
2. Fransisk monastiridagi dorixona, Dubrovnik, Xorvatiya
Yevropada qaysi dorixona "birinchi" degan nomga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi bahslar bugungi kungacha davom etmoqda. Masalan, Germaniyadagi eng qadimgi dorixona, Trirdagi "Arslon dorixonasi" haqida 1241-yilda tilga olingan. Fransiyada eng qadimgi dorixona 1348-yilda ochilgan (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bundan oldinroq, 1268-yilda), Norvegiyadagi eng qadimgi faoliyat ko‘rsatuvchi dorixona Bergendagi "Oqqush dorixonasi" 1595-yilda tashkil etilgan. Va bu huquq uchun da’vogarlardan biri 1317-yilda ochilgan Fransisk monastiridagi Xorvatiya dorixonasidir. Va u bugungi kungacha ishlaydi.
Dorixona limon daraxtlari bog‘i bilan o‘ralgan, bunga qo‘shimcha ravishda, rohiblar bog‘da dorivor o‘tlarni yetishtirishgan. Bu amaliyot bugungi kunda ham mavjud. 1938-yildan buyon dorixona muzey vazifasini ham bajarib kelmoqda: unda 16-asrga oid dorixona jihozlari, 14-asrga oid distillash apparati, apteka tarozilari, tibbiy kitoblar, dori retseptlari, zardo‘zlar, kashtachilar va rassomlarning asarlari shuningdek, monastir kutubxonasidan olingan kitoblar mavjud.
3. Town Hall dorixonasi, Tallin, Estoniya.
Tallinda hokimiyat maydonida - Town Hall dorixonasi mavjud. Ushbu dorixona Yevropadagi eng qadimgi dorixonalardan biri hisoblanadi va bundan tashqari, 600-yil davomida xuddi shu joyda mavjud. Dorixona tashkil etilganining aniq sanasi noma’lum, ammo bu haqda birinchi marta shahar hokimiyatining yozuvlar kitobida u 1422-yilda dorixona farmatsevt Nikolausga ijaraga berilganligi qayd etilgan.
Farmatsevtika korxonasini 10 nafar fuqarolar boshqargan, ularning aksariyati shahar kengashi oqsoqollari bo‘lgan. Albatta, boshqa mamlakatlarda Tallindagi Town Hall dorixonasidan ham qadimgi dorixonalar mavjud bo‘lgan, ammo ularning barchasi ertami-kechmi yopilib ketgan, Town Hall dorixonasi esa 1422-yildan hozirgi kungacha hech qachon yopilmagan.
4. Qirolicha- ona dorixonasi, Madrid, Ispaniya
Madriddagi birinchi dorixona 1578-yilda venetsiyalik kimyogar tomonidan tashkil etilgan. Bu nom qirol Filipp V tomonidan ikkinchi rafiqasi Izabel Farnesioga minnatdorchilik belgisi sifatida tanlangan. Dorixona qirollik saroyini dori-darmonlar bilan ta’minlashdan tashqari, ekzotik dorilarni sotardi, ularning aksariyati birinchi marta Ispaniyaga olib kelingan. Masalan, Amerikadan birinchi penitsillin va antibiotiklar, birinchi xin daraxt po‘stlog‘i, giyohvand moddalar bilan birga qimmatbaho tabletkalar va magnit kabi g‘ayrioddiy va hatto sirli moddalar olib kelingan, Misr mumiyasi ekstrakti, ilon kukuni, qisqichbaqa ko‘zlari,oq marjon va boshqalar.
Dorixona Mayor ko‘chasi, 59-uyda joylashgan bo‘lib, unda 16-asrda farmatsevtlar tomonidan yozilgan 1600 ta dorixona retsepti mavjud. Ular orasida Migel de Servantes, infante Don Luis va boshqa mashhur shaxslar nomiga yozilgan retseptlar bor, bu esa ba’zi tarixiy tibbiy xronikalarni qayta tiklashga imkon berdi. Ushbu retseptlar to‘plami asosida o‘nlab doktorlik dissertatsiyalari yozilgan.