Yangiliklar

not found

DXX: Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqaruvchi yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi

Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi. Xususan, biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda dori vositalarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan sex ko‘zdan kechirildi. Natijada, unda mavjud bo‘lgan 1,2 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi 9 turdagi 138031 quti dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar, 1,8 mlrd so‘mlik prekursorlar, 3,4 mlrd so‘mlik flakon, qopqoq, quti va etiketkalar, 18 mlrd so‘mlik 14 nomdagi ishlab chiqarish uskunalari, 5,6 mlrd so‘mlik 23 dona katta va kichik hajmdagi maxsus idishlar – ya’ni, umumiy qiymati o‘rtacha 30 mlrd so‘mni tashkil etuvchi tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, MCHJ faqatgina biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uchun sertifikat olgan bo‘lishiga qaramasdan, sanitariya talablariga javob bermaydigan joyda, nomlarini o‘zgartirgan holda 9 turdagi kontrafakt dori vositalarini ham tayyorlab kelgan. Jumladan, “Pikovit” dorisi – Pivovit, “Kanefron” – Kanaseron, “Espumizan” – Espumetik, “Nistatin” – Nestitam ko‘rinishida ishlab chiqarilgan. Tekshiruv davomida aniqlanishicha, qo‘lbola usulda tayyorlangan dori vositalari Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri va boshqa viloyatlarga yetkazib berilgan. Hozirda qalbaki dori vositalari bo‘yicha ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ta’kidlash lozimki, dori vositalarini tegishli tartib va meyorlarga amal qilmagan holda ishlab chiqarish va sotish – uni iste’mol qilgan insonning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yish qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘ladi.

  • 31 Oktyabr, 12:00
  • Batafsil
not found

«Dori-Darmon” AK dorixona xodimlari uchun navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi

«Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan dorixona xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quv seminari o‘tkazildi. Treningda dorixona mudirlari va xodimlari onlayn hamda oflayn formatda ishtirok etdi. O‘quv jarayonida Hindistonning “Rusan Pharma Ltd” kompaniyasi vakillari ishtirok etib, kompaniyaning ilg‘or dori vositalari haqida ma’lumot berdilar. Jumladan, "Bioran Rapid” preparati haqida maxsus taqdimot o‘tkazildi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, «Bioran Rapid” — og‘riq va yallig‘lanishga qarshi tez ta’sir etadigan zamonaviy dori vositasidir. U turli suyak-bug‘im tizimi kasalliklarida, jarohat yoki operatsiyadan keyingi og‘riqlarda, quloq, matoq va burun infeksiyalarida, yallig‘lanish kasalliklarida samarali qo‘llaniladi. Preparatning asosiy afzalligi — organizmda tez so‘rilishi va og‘riqni qisqa vaqt ichida yengillatishi hisoblanadi. Tadbirda xodimlar preparatning qo‘llanish tartibi, ta’sir mexanizmi, dozalari va nojuya ta’sirlarii haqida savollar berib, mutaxassislaridan batafsil javoblar oldilar. Ma’lumot uchun: “Rusan Pharma Ltd” — Hindistonning yetakchi farmatsevtik kompaniyalaridan biri bo‘lib, 1994-yilda asos solingan. Kompaniya dori vositalarining tadqiqoti, ishlab chiqarish va dunyo bo‘ylab eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Asosiy yo‘nalishlari — og‘riqsizlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, onkologik va nevrologik kasalliklar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini ishlab chiqishdir. Kompaniya mahsulotlari 50 dan ortiq davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan va muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Ta’kidlash kerakki, bu kabi o‘quvlar xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, aholiga sifatli va ishonchli farmatsevtik xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  • 31 Oktyabr, 09:10
  • Batafsil
not found

"Lancet": Har yili issiq havo tufayli dunyo bo‘yicha qariyb 550 ming kishi hayotdan ko‘z yumadi

Dunyo miqiyosida har daqiqada bir kishi issiq havo tufayli vafot etmoqda. Global isish bilan bog‘liq o‘lim darajasi 1990-yillardan buyon 23%ga oshgan. Bu haqda The Lancet Countdown hisobotida xabar berildi. The Lancet Countdown – London universiteti kolledji va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamkorligida tayyorlangan hisobotdir. Unda mutaxassislar iqlim o‘zgarishi aholi salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berishadi. Hisobotda aytilishicha, agar dunyo yetakchilari siyosatini o‘zgartirmasa va neft kompaniyalari yangi konlarni ishlab chiqarishni davom ettirsa, iqlim o‘zgarishi oqibatlari yanada yomonlashadi. Sayyoramizning qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramligi havoning ifloslanishiga, o‘rmon yong‘inlariga va kasalliklarning tarqalishiga olib keladi. 2012-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘ylab har yili o‘rtacha 546 000 kishi havo isishi oqibatida vafot etgan. "Bu haqiqatan ham hayratlanarli ko‘rsatkich va u o‘sib bormoqda", dedi Sidney universiteti professori Olli Jey. So‘nggi to‘rt yilda inson yiliga o‘rtacha 19 kun hayotiga xavf tug‘diradigan issiqlik ta’siri ostida qolgan. Agar inson faoliyati sabab yuzaga kelayotgan global isish bo‘lmaganida, bu faqat 3 kunni tashkil etgan bo‘lar edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, global isish nafaqat inson salomatligi, balki mehnat unumdorligi va iqtisodiy barqarorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot mualliflari barcha davlatlarni tez fursatda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga o‘tish, shahar infratuzilmasini issiq iqlimga moslashtirish, hamda ekologik toza mahsulotlardan tashkil topgan ratsionni keng joriy etishga chaqirmoqda.

  • 30 Oktyabr, 15:30
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech