Yangiliklar

not found

Reuters: Док-1 Мах сироп ишлаб чиқарувчиси Ҳиндистонда фаолиятини қайта тиклади

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штати маъмурлари Док-1 Мах йўтал сиропларини ишлаб чиқарадиган Марион Биотеч заводида ишлаб чиқаришнинг катта қисмини қайта тиклашга рухсат берди. Бу ҳақда Реутерс хабар бермоқда. Корхонада ишлаб чиқарилган бошқа дори воситаларининг сифатсиз ишлаб чиқарилиши билан боғлиқ бирорта ҳам ҳолат қайд этилмаган, дея хабар беради Гиёҳванд моддаларни назорат қилиш давлат агентлиги. Компаниянинг мурожаати қисман қаноатлантирилиб, пропиленгликолдан фойдаланган ҳолда маҳсулот ишлаб чиқаришга берилган рухсатнома бекор қилинди. Компанияга бошқа барча маҳсулотларни ишлаб чиқариш ва сотишга рухсат берилган. Марион заводи Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш вазирлиги компания томонидан ишлаб чиқарилган иккита йўтал сиропи – Амбронол ва Док-1 Махнинг 2022 йилда таҳлилини ўтказгач, март ойида ёпилган эди.Пропиленгликол ўрнига бошқа иккита арзонроқ моддалар ишлатилган. 2021 йилда пропиленгликол нархи кескин ошгани сабабли, бир ёки бир нечта этказиб берувчилар арзон ва заҳарли суюқликни қонуний кимёвий моддалар билан аралаштиришганлиги маълум бўлган эди. Сифатсиз сироплар тарқатувчилар мажбурий текширув ўтказмаслик учун мансабдор шахсларга 33 минг доллар пора берган. Док-1 Мах Ўзбекистонда 65 боланинг ўлимига сабаб бўлган. Болалар ўлими юзасидан 21 нафар фуқарога нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

  • 12 Oktyabr, 12:06
  • Batafsil
not found

Jarroh TikTokdagi sahifasi tufayli litsenziyasidan ayrildi

U ijtimoiy tarmoqlarda Dr.Roxy taxallusi ostida TikTokda operatsiyalarni jonli translyatsiya qilgani uchun mashhur boʻldi. Ammo plastik jarroh doktor Grav oxir-oqibat tibbiy litsenziyasidan mahrum boʻldi. Shu yilning yozida Ogayo shtati Tibbiyot kengashi Ketrin Roksan Gravni tibbiy standartlarga javob bermagani uchun ikki marta tanbeh berib, litsenziyasini butunlay bekor qildi. Komissiya, shuningdek, tibbiy muolajalarni jonli efirga uzatish orqali Grav oʻz bemorlarini hayotini xavf ostiga qoʻyganini aniqladi. TikTokda 825 ming obunachiga ega boʻlgan jarroh nafaqat oʻz muolajalarini jonli efirga uzatdi, balki operatsiyalar davomida kamera orqali tomoshabinlar bilan suhbatlashdi va ularning savollariga javob berdi. Bunday holatlardan birida Grav liposaksiya, brazilcha beldan pastki qismini koʻtarish va terini taranglashtirish amaliyotini bajarayotgani jonli efirga uzatildi. Ushbu "efir" dan bir hafta oʻtmay, uning hamshirasi bu bemorni tez yordam boʻlimiga yuborishga majbur boʻldi, chunki bemorda qorin boʻshligʻida havo yigʻilganligi va jigar ensefalopatiyasi aniqlangan. Keyinchalik jarrohlar unda ichak teshilishi va jiddiy bakterial infeksiya borligini aniqladilar. Natijada, ayol oʻlik toʻqimalarni olib tashlash, qorin boʻshligʻi operatsiyasi va terini payvandlash operatsiyalarini oʻtkazish uchun bir nechta protseduralarni oʻtkazishga majbur boʻldi. Uzoq davom etgan tekshiruvlardan soʻng tibbiy komissiya bemorlarning hayotini oʻzgartirgan "beparvolik" tufayli Grav litsenziyasini bekor qilishni tavsiya qildi. Gravening soʻzlariga koʻra, u oʻqituvchilikdan zavqlangani va “tibbiyotdan tashqaridagi odamlarga kosmetik jarrohlik haqida tushuncha berishni” hohlagani uchun oʻz videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Aksariyat shifokorlar ijtimoiy tarmoqlardan Gravga oʻxshab nomaqbul tarzda foydalanmasalar-da, X (sobiq Twitter) dan Facebook, Instagram va TikTokgacha boʻlgan platformalardagi muhokamalarda qatnashish shifokorlar uchun xavfli ishdir. Medscape ning yangi hisoboti shuni koʻrsatadiki, shifokorlar doimo oʻz hamkasblari tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan noprofessional va etika qoidalariga rioya qilmasdan foydalanayotganiga guvoh boʻlishadi.

  • 12 Oktyabr, 09:01
  • Batafsil
not found

Roche diabetik distressni yengillashtiradigan mobil ilovani ishlab chiqdi

Maʼlumotlarga koʼra, 1 va 2-toifa diabet bilan ogʼrigan bemorlarning taxminan 35 foizida diabetik distress darajasi yuqori. Diabetik distress — bu umidsizlik, tushkunlik va charchoq hissi bilan birga keladigan oʼziga xos hissiy reaktsiya. Bu har doim ham patologiya emas, lekin agar u yuqori darajada kuzatilsa, unga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, diabetik distress davolanishning muvaffaqiyatiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Raqamli sogʼliqni saqlash vositalari diabetik distressni bir necha usullar bilan yengillashtirishi mumkin: glyukoza darajasini kuzatish va klinik maʼlumotlarni sharhlashni osonlashtirish, shifokor bilan motivatsion aloqani taʼminlash va maqsad koʼrsatkichlariga erishishda ijobiy qoʼllab-quvvatldash. Shunday vositalardan biri Roche kompaniyasiga tegishli mySugr ilovasi. Ushbu dasturning pro versiyasi yaqinda 400 ga yaqin bemorni qamrab olgan klinik sinovda tekshirild. Sinovda 1-toifa, 2-toifa, shuningdek homilador boʼlgan qandli diabet bilan kasallangan bemorlar qamrab olindi. Ishtirokchilardan kunlik qondagi glyukoza miqdorini oʼlchash va natijalarni ilovaga kiritish soʼralgan. Ishtirokchilarning ahvolini baholash uchun odatda diabet bilan ogʼrigan bemorlarda depressiv buzilishlar dinamikasini baholash uchun qoʼllaniladigan PAID (Problem Areas in Diabetes Scale-Qandli diabet muammoli hududlar shkalasi ) diagnostik shkalasi qoʼllanildi. Ilova klinik tadqiqot va undan keyingi 12 haftalik kuzatuvda qandli diabet bilan ogʼrigan bemorlarda psixologik holatini yaxshilanishini koʼrsatdi (garchi u glikemik nazoratni yaxshilamagan boʼlsa ham). Tadqiqotchilar bemorlarning ilovadan qoniqish darajasi yuqori ekanligini qayd etishdi, chunki undan sinov kunlarining 93 foizida koʼrsatmalarga muvofiq foydalanildi.

  • 11 Oktyabr, 12:11
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech