Yangiliklar

not found

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʼarmasi tashkil etiladi

Yangi farmon asosida 2024 yil 1 yanvardan Sogʼliqni saqlash vazirligi huzurida quyidagilarni birlashtirish orqali yuridik shaxs maqomiga ega boʼlmagan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʼarmasi tashkil etiladi: ◊ Onkogematologik va davolash qiyin boʼlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʼlomlashtirishga koʼmaklashish jamgʼarmasi; ◊ Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʼarmasi; ◊ Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʼllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʼarmasi; ◊ Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʼyilgan bemor bolalarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi. Yangi jamgʼarma mablagʼlari qanday shakllantiriladi? ◊ Prezidentimiz farmoniga muvofiq, quyidagilar 2024 yil 1 yanvardan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʼarmasi mablagʼlarini shakllantirish manbalari etib belgilandi: • Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan 350 milliard soʼm miqdoridagi mablagʼlar; • spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʼyilgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʼrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish xarajatlari uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʼlar; • iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʼllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish uchun Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan 50 milliard soʼm miqdoridagi mablagʼlar; • Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning boʼsh turgan binolari, koʼchmas mulk obʼektlari va yer uchastkalarini ommaviy savdolar (auktsion)da sotishdan tushadigan mablagʼlarning respublika byudjetiga oʼtkaziladigan 50 foizi; • Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning mol-mulkini ijaraga berishdan tushadigan tushumlarning, Davlat mulki obʼektlaridan samarali foydalanish markazining operatsion xarajatlarini chegirib tashlagan holda, mahalliy byudjetlarga oʼtkaziladigan 100 foizi; • xalqaro moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik koʼmak mablagʼlari; • Gʼaznachilik xizmati qoʼmitasi tomonidan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʼarmasining vaqtincha boʼsh mablagʼlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

  • 7 Sentyabr, 10:13
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech